Montessori pedagogikasi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə37/40
tarix18.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132969
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
montessori majmua

Davlat ta’lim standarti – uzluksiz ta’limning muayyan bosqichida ta’limning mazmun-mohiyatiga, kadrlar tayyorlash sifati va darajasiga davlat tomonidan qo’yiladigan minimum talablarni belgilaydigan hujjat, o’quvyuklamalarining zaruriy hajmi.
Dars – aniq maqsadni ko’zlab, belgilangan vaqtda ma’lum xususiyatlariga ko’ra birlashtirilgan ta’lim oluvchilar guruhi bilan o’qituvchirahbarligida olib boriladigan asosiy o’quvshakli; ta’lim maqsadlarini amalga oshirish, o’qitishshakllari, metodlari va vositalari yordamida o’quvdasturida belgilangan mavzuning o’zlashtirilishini ta’minlash jarayoni.
Demokratik usul – o’qituvchining hamkorlikda ishlashi, o’zaro hurmat va ishonchni namoyon qilishi, talabalarning faolligi, mustaqilligi va tashabbuskorligini rag’batlantirishi, individual yondoshishi, guruh fikriga tayanib ish ko’rishi, muhokamaga barchani jalb qilishi hamda axborot, maslahat va yo’llanmalar berishida ifodalanadi.
Diagnostika – ma’lum ilmiy asoslangan metodlar asosida ta’lim- tarbiya jarayonlarining maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari, natijalarining sifati va samaradorligi, pedagogik xodimlarning kasbiy tayyorgarliklari, bilim, ko’nikma, malaka va mahoratlari, o’quvchilarning olgan bilimlarini o’zlashtirishlari va tarbiyalanganlik darajalarini atroflicha o’rganish, tahlil qilish asosida xulosalar chiqarish, baholash va yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiya berish jarayoni.
Didaktika – pedagogikaning tarmog’i, ta’lim-tarbiya maqsadlari, metodologiyasi, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillarini o’rganish va ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
Ijodkorlik – insonning ongli, ma’lum maqsadga qaratilgan, yaratuvchanlikka yo’nalgan faoliyati.
Izlanuvchi – biror tadqiqot ob’ekti tahlili bilan shug’ullanuvchi, biror jarayonni kuzatish orqali muammoning sabab-omillarini aniqlovchi, chora-tadbirlar va yangi tavsiyalarni ishlab chiquvchi shaxs.
Inklyuziv – (tenglik) o’qituvchibilan o’quvchining o’zaro munosabatlarida tenglik asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish. Shu bilan birga, imkoniyati cheklangan o’quvchilarning sog’lom o’quvchilar bilan birgalikda o’qishini tashkil qilish pedagogik texnologiyasi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin