Hozirgi paytda о‘quv jarayonida kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal tadbiq etish, ayniqsa, kompyuterda ishlash bilan boliq amaliy va laboratoriya mashulotlari jarayonida multimedia vositalari, zamonaviy kompyuterlar imkoniyatlari va internetdan foydalanish, interfaol mashqlar, vertual laboratoriya, topshiriqlar omboriga ega bо‘lgan pedagogik dasturiy ta’minotni yaratish texnologiyasini va undan о‘quv jarayonida foydalanish metodikasini ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etishga asos bо‘lib xizmat qilmoqda.
Pedagogik dasturiy vosita
Amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari jarayonida multimеdia vositalari
Zamonaviy kompyutеrlar va intеrnеtdan foydalanish
Intеrfaol mashqlar
Virtual laboratoriya
Pedagogik dasturiy vositalarning qo’llanilishi
О‘qitish metodlarini pedagogik va psixologik tomondan rivojlantirishda taniqli xorijiy olimlardan Y.K. Babanskiy, V.P.Bespalko, I.R.Visotskiy, M.Maxmutov, va boshqalar о‘zlarining ulkan hissalarini qо‘shganlar. Jumladan, L.S.Vigotskiy va S.L.Rubenshteynlar shaxsni rivojlantirishning psixologik asoslarini, P.Y.Galperin va N.F.Talizinalar aqliy faoliyatni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasini, Y.K.Babanskiy, I.Y.Lerner, M.N.Maxmutov va P.N.Pidkasistiylar ta’lim oluvchilarning mustaqil о‘rganishlarini tashkil qilishning didaktik va metodik asoslarini, respublikamizning taniqli olimlaridan U.N.Nishonaliyev, N.Saidahmedov, M.Ochilov va N.N.Azizxо‘jayeva va boshqalar dars samaradorligini oshirishda pedagogik texnologiyalarni qо‘llash masalalarini tadqiq etishgan.
Pedagog olim S.A.Arxangelskiyning fikricha, ta’lim mazmunini belgilashda, ta’lim muassasasida bо‘lajak mutaxassisning tayyorgarligida ijtimoiy taraqqiyotning rivojlanib borishi va fan-texnikaning tezkor taraqqiyotini hisobga olish zarur. Kibernetika va texnika fanlarini mazmunan va metodik tomonlarini rivojlantirish bо‘yicha V.M.Glushkov, A.P.Yershov va V.Q.Qobulov, ta’limda axborot texnologiyalarini qо‘llash bо‘yicha S.S.ulomov, A.A.Abduqodirov, B.Sh.Radjabov va N.I.Taylaqov, о‘qitishda kompyuterlardan foydalanish metodikasi bо‘yicha A.P.Yershov, A.A.Abduqodirov, M.Aripov, M.P.Lapchik, YE.I.Mashbits, E.I.Kuznetsov, U.Yuldashev, R.R.Boqiyev va F.M.Zokirovalarning ishlarida kо‘rib chiqilgan.