Morfеmika-morfologiya


So„z-gaplarning sintaktik xususiyatlari



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/125
tarix17.12.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#121313
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
hozirgi ozbek adabiy tili morfemika-morfologiya

So„z-gaplarning sintaktik xususiyatlari. So„z-gaplarning sintaktik xususiyati yuqorida 
ta‟kidlaganimizdek, ularning kesimlik qo„shimchalarini qabul qilmasligi, bog„lama bilan birika 
olmasligidadir. So„z-gaplar ham undalmalar, sodda gaplar kabi kengaygan yoyiq holatlarda bo„lishi 
mumkin: 1.CHo‘lni o‘zlashtirgan mardlarga ofarin. (A.Qah.) 2.Falakning dastidan dod! (Hamza.) 3. 
Barakalla sizga! Misollardan ko„rinib turganidek, so„z-gaplar faqat bitta so„zdan iborat bo„lmay, nutqda 
kengayish qobiliyatiga ham ega. So„z-gaplarning yana bir sintaktik xususiyati shundaki, [Wpm] 
qurilishli gaplarda kesimlik kategoriyasi va ma‟nosi [W]ga [Rm] orqali kiritiladi, [m]ning esa o„zbek 
tilida juda ko„p ko„rsatkichlari mavjud. Shaklning o„zgarishi bilan kesimlik kategoriyasining ma‟no 
turlari ham o„zgaradi. Masalan, Bo‘ladi. Bo‘lmaydi. Bo‘lsa. Bo‘ldi va h .k. Ammo so„z-gaplarda bunday 
emas. Har bir so„z-gap shu gapga xos bo„lgan ma‟nolarni ifodalashga xoslangan bo„ladi. Chunonchi, Ha 
so„zi tasdiqni fodalaydi. Uning bo„lishsizligi Ha emas bilan emas, balki alohida so„z yo‘q bilan 
ifodalanadi. Albatta yoki shubhasiz modal so„zi qat‟iy ishonch va tasdiqni ifodalaydi, inkor ma‟nosi 
mutlaqoaslo so„z-gaplari bilan beriladi.
So„z-gaplarda zamon va shaxs ma‟nolari [0] ko„rsatkichli bo„lib, matnda muayyanlashadi. 
O„zbek tilida gap (kesimlik) zamon va shaxs ma‟nolaridan xoli bo„la olmaydi. Zero, so„z-gaplarda 
zamon va shaxs-son ma‟nolarining kontekstual aniqlanish xususiyati bu so„zlarning asosiy sintaktik 
xususiyati – kesimlik qo„shimchalarini qabul qilmay gap bo„lib kela olishi bilan sharhlanadi. So„z-
gaplarning yana bir sintaktik xususiyati – ularning gap tarkibida alohida pozitsiyada turishi, ya‟ni boshqa 
gap bo„laklari bilan bog„lanmasligidir va o„zi gap sifatida “yashay olishi”, hamisha lisoniy alohidalikni 
saqlab qolishi bilan belgilanadi. Chunonchi, 1.-Ertaga kelasizmi? - Albatta. (O„.Usm.) 2.-Еngil 
tortdingmi, qizim? - Shukur. (A.Qah.)
Ko„rinadiki, so„z-gaplarning umumiy sintaktik xususiyati ular kesimlik qo„shimchalarini qabul 
qilmagan holda gap va uning markazini tuza olishidadir. To„rt leksik-semantik turida (modallar, 


98 
undovlar, tasdiq/inkor, taklif/ishora so„zlar) kesimlik kategoriyasini tashkil etuvchi ma‟nolardan har biri 
alohida bo„rttirilgan “yalang„och” holda yuzaga chiqadi: modallar so„zlovchining munosabatini 
([Rm]dagi maylni), taklif/ishoralar shaxsga qaratilganlik ma‟nosini ([Rm] dagi shaxs-sonni), 
tasdiq/inkorlar tasdiq va inkorni ([Rm]dagi bo„lishli/bo„lishsizlikni) va undovlar bo„lg„usi harakatni 
([Rm]dagi zamonni) ifodalashga xizmat qiladi.

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin