Moslamalar yuritmalari


Moslamalarni gidravlik va pnevmogidravlik mahkamlash qurilmalari



Yüklə 16,37 Mb.
səhifə3/8
tarix10.12.2023
ölçüsü16,37 Mb.
#138950
1   2   3   4   5   6   7   8
1477036163 65848

2. Moslamalarni gidravlik va pnevmogidravlik mahkamlash qurilmalari




Gidravlik mahkamlash qurilmalari porshenli ko’rinishida ishlatilib aloxida nasosdan yuritiladi. Kam xollarda bir nechta yuritma uchun umumiy nasos ishlatiladi. Yuritmalarda ishchi suyuklik sifatida 2 yoki 3 markali mashina moylari ishlatiladi. Pnevmatik yuritmalarga nisbatan gidravlik yuritish birikmalarining gabaritlari kichik bo’ladi. CHunki bularda moyning bosimi 6.0 MPa va undan xam baland bo’lishi mumkin.
Bu qurilmalar kamchiliklari qatoriga tsilindrdan ishlatilgan moyni bakka kaytarish uchun qo’shimcha quvur zarurligini, bosim beruvchi nasos elektrodvigatelining zagotovkani qisib turadigan vaqt davomida ishlab turishini kiritish mumkin (5.3 rasm). Moslamalarda korpusga mahkamlab o’rnatiladigan porshen 40,50,60,75,100 mm keng qo’lllaniladi. Porshen va shtoklar moyga chidamli rezinadan tayyorlangan xalqalar yordamida zichlashtiraladi.

rasm. Gidravlik mahkamlash qurilmasi sxemasi.
Qurilma uzok muddat davomida ishlab o’ta qizib ketsa gidrosistemalardagi moy suyulib, natijada nasos berib turgan bosim pasayadi, ishlash unumdorligi ham pasayadi. Gidrosistemani bosim bilan ta’minlab turish uchun shesternyali, parrakli va plunjerli nasoslar ishlatiladi. Gidrotsilindrdagi ishchi bosim gidrota’minlovchilar yordamida xam olishi mumkin. Bular 10MPa -gacha bo’lgan bosimni ta’minlaydi.
Gidrotsilindrlarning ishchi sirti Ra 0.32 dan kam bulmasligi kerak. Porshen bilan tsilindr H9/F9 o’tqazish bo’yicha o’rnatiladi.
Pnevmogidravlik mahkamlash qurilmalarni ta’minlash uchun 0.4…0.6 MPa bosimdagi qisilgan xavo ishlatiladi. Qisilgan xavoni shu bosimda qurilmani gidravlik qismidagi bosim 8-10MPa ga yetgani sababli ishchi tsilindrning o’lchamlari juda kichik bo’ladi (5.4 rasm).



rasm. Pnevmogidravlik kuchaytirgich.


Pnevmogidravlik sistemalarda nasosli gidravlik sistemalarga nisbatan energiya yo’qotishlar xam bo’ladi. Ishlash ishonchliligi yaxshi, konstruktsiyasi sodda, ishlab chiqarilishi arzon, universalligi xam yetarli. Pnevmagidravlik qurilmalari pnevmatik qismi aloxida blok ko’rinishida tayyorlanib moslamadan tashqarida dastgoh yonida joylashtirilishi mumkin. Qurilma bir yaxlit-blok ko’rinishida tayyorlanishi xam mumkin (5.5 rasm). Porshenlarni boshlangich xolatga kaytarish qisilgan xavo yordamida xam bajarilishi mumkin.



rasm.
Yuqotishlarni hisobga olmasa qurilmani gidravlik qismidagi moy bosimi quyidagi formuladan topiladi:

Yüklə 16,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin