Elektromagnitli mahkamlash qurilmalar yassi bazali po’lat va cho’yandan ishlangan zagotovkalarni mahkamlash uchun ishlatilib ko’pincha plitalar yoki planshaybalar ko’rinishida bo’ladi. To’rtburchak shakldagi elektromagnit plitalarning o’lchamlari va texnik tavsiflari DST 17519-72 bilan cheklangan.
Zagotovka 5 qurilmaning 2 qopqogiga o’rnatiladi (6.2-rasm). Plitaning 1 korpusida 6 elektromagnitlar joylashtirilgan. Qopqogida esa nomagnit materialdan tayyorlangan 4 izolyatsiya ichiga 3 polyuslar o’rnatilgan. Izolyatsiya kalinligi 5 mm dan oshmaydi.
rasm. Elektromagnit plitalar.
Qurilmani elektromagnitlaridan doimiy tok utkazilganda xosil bo’lgan magnit maydonining okimlari zagotovka, qopqok va plitaning korpusidan utadi. SHuni hisobiga zagotovkani qopqok va polyuslar bilan kontakt qilish joylarida uni mahkamlash kuchlari paydo bo’ladi.
Elektromagnitlarning o’zaklari va polyuslari po’lat 10 dan, plitani qolgan detallari po’lat 10,15 yoki cho’yan KCH12-28 dan tayyorlanadi. Plita yoki planshaybani ishchi sirti Ra 0.63…0.32 mkm gacha jilvarlanadi. To’g’ri chiziqlikdan chetlanishi 300 mm da 0.02 mm dan oshmasligi kerak. Elektromagnit plitalarni 24,48,110 yoki 220 V kuchlanishli doimiy tok bilan ta’minlash uchun motor-generatorlar yoki to’g’rilagichlardan foydalanadilar.
Plitaning polyuslari zagotovka SSida teng masofalarda joylashishi kerak. Uzunligi 300…900 mm plitalarni polyuslari 35-50 mm qadam bilan joylashtiriladi.
Zagotovka ishonchli mahkamlanishi uchun elektromagnit plitani ikkita qo’shni polyuslar oralig’ini qoplashi kerak. Bu plitalarning etalon detalni nisbiy tortish kuchi 0.16…0.35 MPa atrofida bo’ladi.
Elektromagnit plitasi yoki planshayba loyixalanganda zagotovka shakli, o’lchamlari, materiali, kesish kuchi ma’lum bo’lishi kerak. Plita
F = Q f + F1 (8.2)
surish kuchiga qarshilik ko’rsatishi mumkin, bu yerda f-ishqalanish koeffitsenti; F1=aQ - surishga karshik ko’rsatuvchi magnit kuchi; Q - zagotovkani mahkamlash kuchi; tajribalarga ko’ra a=0,05…0,08 deb qabul qilib, mahkamlash kuchi Q qiymatini topamiz.
Dostları ilə paylaş: |