Mov. T.: Yangi asr avlodi, 2015. 336 b


MUSA TOSHMUHAMMAD O‘G‘LI OYBEK



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/107
tarix28.04.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#125980
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
f229f7ed2e8f42677ceb9ddb16a80b18 Dunyoning ishlari

MUSA TOSHMUHAMMAD O‘G‘LI OYBEK
«Bolalik xotiralarim»
84x108 1/32, 348 bet, yumshoq muqova
Atoqli o‘zbek yozuvchisi Musa Toshmuhammad 
o‘g‘li Oybek turfa voqealarga boy, mashaqqatli va 
ayni paytda ajoyib hayot yo‘lini bosib o‘tgan. Qo‘lin-
gizdagi «Bolalik xotiralarim» kitobida u ana shu 
yo‘lning 1917 – 1918-yillarga qadar bo‘lgan qismi 
bilan siz, hurmatli kitobxonlarni tanishtiradi.
Oybek singari ulug‘ allomalarning bolalik va 
yoshlik kezlari ularning ko‘cha changitib yurgan 
oddiy boladan xalqning mutafakkir siymolaridan 
biriga aylanishi, ayniqsa, yosh avlodlar uchun 
hamisha maroqli va ibratlidir.


ZULFIYA
«Bahor keldi seni so‘roqlab»
84x108 1/32, 192 bet, yumshoq muqova
XX asr o‘zbek she’riyatining zabardast vakillari-
dan biri, davlat arbobi Zulfiya Isroilova bugungi kun 
o‘quv chilari uchun yaxshi tanish. Maktab darsliklarida 
shoiraning qator she’rlarini mutolaa qilganmiz. Vatan, 
mahabbat, vafo, ezgulik tuyg‘ulariga yo‘g‘rilgan she’rlari 
barchamizning ko‘nglimizdan munosib joy olgan.
Mazkur kitob Zulfiya tavalludining 100 yilligiga 
bag‘ishlab nashrga tayyorlandi. Undan shoira ijo-
didagi eng sara she’rlar o‘rin olgan. Aziz o‘quvchi-
larimiz ushbu to‘plamni o‘qib, mutolaa zavqidan 
bahramand bo‘ladilar, degan umiddamiz.
ODIL YOQUBOV
«Billur qandillar»
84x108 1/32, 322 bet, yumshoq muqova
Odil Yoqubov – o‘tgan asrning oltmishinchi – yet-
mishinchi yillari yoshlarining sevimli adiblaridan biri 
edi. «Billur qandillar», «Muqaddas», «Muhabbat» kabi 
qissalar o‘sha davr o‘quvchilarining axloqiy va ma’naviy 
tarbiyasiga ijobiy ta’sir etgan, desak xato bo‘lmaydi.
Asarlarning barchasida yoshlar o‘rtasidagi mu-
habbat mavzusi yetakchilik qiladi. Chin sevgi, 
poklik va halollik, muhabbatga yetishish yo‘lidagi 
xudbinliklar, xiyonat kabi munosabatlar o‘quvchini 
asar mohiyatini bilishga undaydi.
Xudbinlik va nohalollik hukm surgan joyda mu-
habbat so‘nadi, hatto o‘ladi. Mehr va vijdon muhab-
batga yetkazadi. Yashashning mazmuni muhabbat 
bilan sayqal topadi. Shu boisdan Odil Yoqubov 
asarlari nafaqat bugungi kun uchun, balki kelajak 
uchun ham ibratli bo‘lib qolaveradi.



Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin