Mov. T.: Yangi asr avlodi, 2015. 336 b



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/107
tarix28.04.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#125980
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   107
f229f7ed2e8f42677ceb9ddb16a80b18 Dunyoning ishlari

O‘tkir Hoshimov
308
cho‘qqi soqoli jonlandi. Shu ko‘zlarning nurini ol-
gan Tirkashning o‘zi emasmikin? Shu soch-soqol-
ga qirov qo‘ndirgan Tirkashning o‘zi emasmikin! 
Axir uni odam qilgan, ota o‘rnida ota bo‘lgan kishi 
shu emasmidi?.. Tirkashdan boshqa suyanchig‘i 
bormi uning...
Koshki edi, Tentaksoyga o‘sha eski arava kirib 
kelmagan bo‘lsa... Koshki edi, Tirkash shu ara-
vada kelayotgan lo‘li qizni – Dilorni ko‘rmagan 
bo‘lsa...
Tirkash birdaniga o‘rnidan sakrab turgisi, 
qishloq tomonga yugurib ketgisi keldi. Lekin qa-
chonlardir go‘daklik xotirasiga mahkam o‘rnashib 
qolgan, unutilayozgan sog‘inch bir tuyg‘u ustun 
keldi-yu, chalqancha yotib oldi. Oy havolab ket-
gan, qatlam-qatlam kuz bulutlari ohista suzib 
o‘tar, namxush tuproq isi anqir edi.
II
Bu voqeaga ancha yil bo‘lib ketgan. Ancha yil-
lar...
Tirkash esini tanibdiki, shu tuproq voyaga 
yet 
kazdi uni. Dunyoga qaysi kuni kelganini, 
otasi kim, onasi kim ekanini haliyam bilmaydi. 
To‘rt-besh yoshida odam ajratadigan bo‘lib qol-
ganida lo‘lilar chodirida ko‘rdi o‘zini. Ota-onasi 
allaqachon ko‘z yumib ketganini shulardan eshit-
di. Hammaga ergashib yurgani uchun Tirkash 
deb chaqirisharkan uni. Ular Tirkashni qo‘lma-
qo‘l ko‘tarib katta qilishibdi... Tirkash ham shu 
lo‘lilardan bittasi edi. Yarim kechagacha childirma 
chalib, bazm qilishni, qizil ko‘yla gining etagini 
hilpiratib raqs tushishni hech nimaga alish-
maydigan xotinlarning hammasi uning onasi edi. 


Dunyoning ishlari
309
Gulxan atrofida davra qurib o‘tirgan lo‘lilar ning 
hammasi ota edi unga.
Hazin qo‘shiqlar og‘ushida mudragan oqshom-
lar, oy nuriga g‘arq bo‘lgan osmon... Tirkash 
dun yoga kelib eng avval shularni ko‘rgandi. Kun 
botar-botmas ularning elati ko‘kalamzor bir yerga 
chodir tikar, Tirkash ko‘katlar ustiga chalqancha 
tushib olardi-da, childirmaning gumbirlashiga, 
quvnoq qahqahalarga quloq solib yotar, gulxan 
atrofida lip-lip aylanayotgan soyalardan ko‘zi 
tinib uxlab qolardi.
Erta tongda odamlarning g‘ovur-g‘uvuri, 
eshak 
larning hangrashidan uyg‘onib ketardi. 
Shud ringdan ho‘l bo‘lib ketgan jingalak sochlarini 
silab o‘rnidan turar, uvushib qolgan qo‘llarini 
uqalab-uqalab qo‘yardi.
Yana o‘sha uzun-uzun yo‘llar boshlanardi. 
Dunyoda yo‘llarning nega shunchalik ko‘pligi-
ga uning aqli yetmas, lo‘lilar elati bo‘lsa bir zum 
ham to‘xtamas, qayoqqa ketishayotganini hech 
kim bilmasdi.
Tirkashning so‘ngsiz-nihoyasiz yo‘llari Ten-
taksoyda to‘xtadi. Bahor oqshomlaridan birida 
lo‘lilar elati shundoqqina soyning bo‘yiga, tosh-
loq sohilga chodir tikdi. Tentaksoy son-sanoqsiz 
orolchalar hosil qilib hayqirar, osmoni falakka 
marvarid sochardi.
Tirkash o‘shanda yetti-sakkizlarga borib qol-
gan, tishlari bir marta to‘kilib chiqqan edi. Kun 
bo‘yi yo‘l yuraverib charchaganidanmi, hamma-
dan oldin uxlab qolibdi.
Tongotarga yaqin entikib uyg‘onib ketdi. 
Uyg‘ondi-yu, to‘lqinlar ketma-ket urilib, suv 


O‘tkir Hoshimov
310
qa’riga tortib ketayotganini bilib chinqirib yubor-
di. Ammo ovozini o‘zi ham eshitolmadi. Og‘ziga suv 
to‘lib o‘qchiy boshladi. Soy dahshatli guldurosdan 
titrar, yer-u ko‘k qop-qora to‘lqinlarga ko‘milgan edi. 
Tirkash suvdan qalqib chiqib, qop-qora osmonni 
so‘nggi marta ko‘rdi-yu, tipirchilab cho‘kib ketdi.
U ko‘zini ochganida boshiga egilib turgan 
notanish kishini ko‘rdi. Elatida bunday odam 
yo‘q edi. Boshiga ko‘k duxoba do‘ppi kiyib olibdi. 
Yuzlari qizarib ketgan, oq oralagan mo‘ylovi ho‘l 
bo‘lib, cho‘qqi soqoliga yopishib qolibdi. U jiqqa 
suv ko‘ylagining etagini qayirib, Tirkashning 
peshanasini artdi.
Oting nima, o‘g‘lim?
Tirkash o‘zini shu odam suvdan olib chiqqani-
ni endi tushundi.
– Ketaman!
U o‘rnidan turmoqchi bo‘lgan edi, majoli kelma-
di. Notanish kishi uning ustiga ko‘rpa tashladi.
– Elatlaring ketib qolishdi. Seni allaqachon 
o‘ldiga chiqarishgan bo‘lsa kerak. – Notanish ki-
shi chuqur xo‘rsindi. – Sel yomon quturdi-da! 
Tentaksoy shunaqa o‘zi. Har bahorda jilovini 
yo‘qotib qo‘yadi.
Tirkash begona uyning guldor qog‘oz yopishtiril-
gan shiftiga tikilib yota-yota ko‘zlari ilindi.
...Bu voqeaga ancha yil bo‘lib ketgan... Ancha 
yillar...
Agar uch kun avval qishloqqa yana bitta lo‘li 
arava kirib kelmaganida, agar Dilorni ko‘rma-
ganida, qiz ketaman deb turib olmaganida, o‘sha 
damlarni eslab o‘tirmasdi.



Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin