Mov. T.: Yangi asr avlodi, 2015. 336 b



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/107
tarix28.04.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#125980
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   107
f229f7ed2e8f42677ceb9ddb16a80b18 Dunyoning ishlari

O‘tkir Hoshimov
314
gan, shalaq arava allaqachon pastga tushib ket-
gandi.
Dilorning hokimona jilmayib turishi ham, 
o‘tday yoniq ko‘zlari, qirra burni ham birinchi 
marta xunuk ko‘rinib ketdi unga.
– Turtmasdan gapir! – dedi u bo‘g‘ilib. G‘azab-
dan yuzlari lovillab ketganini o‘zi ham sezib tu-
rardi.
– Bechora oshiq! – Dilor birdan qah-qah urib 
kulib yubordi. Sukunat cho‘kkan adirlar ustidan 
oqshom sharpasiday sirli, bo‘g‘iq aks sado keldi.
Tirkash bir siltanib qizning xivichini tortib ol-
dida, mayda-mayda qilib yerga otdi. Dilor hech 
nima bo‘lmaganday hamon jilmayib turardi.
– Qishloqqa qaytamiz! – Tirkash juda muhim, 
aziz bir narsani tushuntirmoqchi bo‘lganday, 
qizning yelkalaridan ushlab o‘tinch bilan si-
lay boshladi. – Iltimos, Dilor, yo‘q demagin! 
Ketishimizdan nima foyda, qayoqqa boramiz? 
Jon Dilor, xo‘p degin, – u birdan qizni bag‘riga 
bosib shivirlay boshladi: – Tentaksoyga qaytamiz. 
U yerda mening otam, o‘rtoqlarim, traktorim bor, 
bilasanmi, – u negadir bo‘g‘ilib ketdi. Tomog‘iga 
tiqilib qolgan iliq bir narsani yutib arang shivirla-
di. – Bilasanmi, Dilor, u yerda mening... mening 
vatanim bor. – Qizning soch tolalari yana yuziga 
tegib ketdi. Yana o‘sha, kishini mast qilib yubo-
ruvchi mayin is gurkiradi. – Dilor, xo‘p degin, bit-
ta xo‘p degin...
Qiz siltanib chekindi. Endi u jilmaymas, 
ko‘zlari o‘t bo‘lib yonardi.
– Hech kim seni sudrab ketayotgani yo‘q. 
O‘zing kelyapsan, – u birdan chinqirib yubordi. – 
Sen lo‘li emassan, anqovsan! – keyin ko‘zlari qisi-


Dunyoning ishlari
315
lib kinoya bilan ovozini pasaytirdi. – Kim qo‘yibdi 
senga duch kelgan qizga ergashib yurishni? Bor, 
qishlog‘ingga boraver! Sen bilan ishim yo‘q. Men 
bilan ham ishing bo‘lmasin!
Dilor tuproq yo‘ldan pastga qarab chopib ket-
di. Tirkash uning shamolda hilpirab uzoqlashib 
borayotgan ko‘ylagini ko‘rib turar, ammo nima 
bo‘layotganiga hali ham tushunolmasdi. U bir 
nafas ikkilanib turdi-da, qizning ketidan yugurdi. 
Tepaning yarmiga borganda, halloslab yetib olib, 
qo‘lidan tortdi.
– Dilor!
– Qoch! – qizning ko‘zlari nafrat bilan yonib tu-
rardi.
– Ketma, Dilor!
– Qoch, laycha!
Birdan Tirkashning vujudi muzlab qoldi. Bo-
yagi qaynoq hislar o‘rnini allaqanday yovvoyi 
kuch egalladi-yu, tarsakilab yubordi uni.
– Yo‘qol, – dedi xirillab, – yo‘qol!
U Dilorning kafti bilan yuzini ushlab qolgani-
ni ko‘rdi. Keyin keskin burildi-da, qishloq yo‘lini 
mo‘ljallab chopib ketdi. Bir marta ham orqasiga 
qaramadi.
Arslonbobo cho‘qqisidan qip-qizarib oy chiqib 
kelar, tuproq yo‘l oqarib ko‘rinar, Tirkashning 
soyasigacha qaltirardi.
IV
Qish erta tushdi. Hali g‘o‘zapoyalar yig‘ishtirib 
olinmasdan qor yog‘di. Ertasiga havo charaqlab 
ochilib ketdi.
Tirkash qor ko‘rpasiga burkanib endigina uy-
quga ketgan yerni cho‘chitib traktor haydar, qor 


O‘tkir Hoshimov
316
bosgan dalalar oftob nurida ko‘zni qamashtirib 
yarqirar, yakkam-dukkam g‘o‘zapoyalar taqdiri-
dan noliganday shumshayib turardi. Traktor hali 
yaxlamagan dalada yengilgina suzib, muzyorar 
kemaday orqasidan qop-qora iz qoldirib borardi.
U tushlikka chiqish uchun motorni o‘chirib, 
kabinadan sakrab tushdi-yu, paykal boshida-
gi tutzor yonida turgan qizni ko‘rib qoldi. Boya, 
motorga suv quyayotganida ham ko‘rganday 
bo‘lgandi. Qiz sariq paxtalik kiyib, boshiga ko‘k 
ro‘mol o‘rab olgandi. Uning bir qo‘lini biqiniga ti-
rab turishi tanishday ko‘rindi yigitga.
«O‘tkinchilardan bo‘lsa kerak». Tirkash shiy-
pon tomonga burilib ketayotgan edi, qiz qo‘l sil-
tab imo qildi.
Tirkash kirza etiklari bilan qor kechib, besh-o‘n 
qadam yurdi-yu, qizni tanib qolib, yugurib ketdi. 
Yuragi yana o‘sha sog‘inch hislar bilan jo‘sh urar, 
etikning sirg‘anishiga ham, g‘o‘zapoyalarga qoqi-
lishiga ham parvo qilmasdi. «Dilor, Dilor!» – derdi 
u pichirlab. Negadir quvonchdan entikar, nimaga 
quvonayotganini o‘zi ham bilmasdi.
U nafasi tiqilib yugurib keldi-yu, Dilorning 
nozik, ammo chayir qo‘llarini kaftiga oldi.
«Qo‘li muzlab ketibdi», – deb o‘yladi qizning 
yuziga tikilarkan. Dilorning rangi so‘lg‘inlash-
gan, ko‘zlari cho‘kkan, ammo hamon jozibali ta-
bassum bilan jilmayib turardi. U isib ketganday 
paxmoq ro‘molining tugunini yecharkan, tirsagi 
bilan Tirkashning ko‘kragiga turtdi.
– Haydab yubormaysanmi?
– Qachon kelding?
– Ertalab.


Dunyoning ishlari
317
– Butunlaymi?
– Butunlay! – dedi Dilor beparvo. Tirkash qiz-
ning ko‘zlariga bir qaradi-yu, shu bir og‘iz so‘zga 
ishonish mumkinligini tushundi.
– Jinni! – dedi u kulib.
Qizning yelkasiga ohista qo‘l tashladi-da, qor 
bosgan dala yo‘lidan qishloqqa – o‘z hayotiga 
boshlab ketdi.
1964



Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin