MUSA TOSHMUHAMMAD O‘G‘LI OYBEK
«Bolalik xotiralarim»
84x108 1/32, 348 bet, yumshoq muqova
Atoqli o‘zbek yozuvchisi Musa Toshmuhammad
o‘g‘li Oybek turfa voqealarga boy, mashaqqatli va
ayni paytda ajoyib hayot yo‘lini bosib o‘tgan. Qo‘lin-
gizdagi «Bolalik xotiralarim» kitobida u ana shu
yo‘lning 1917 – 1918-yillarga qadar bo‘lgan qismi
bilan siz, hurmatli kitobxonlarni tanishtiradi.
Oybek singari ulug‘ allomalarning bolalik va
yoshlik kezlari ularning ko‘cha changitib yurgan
oddiy boladan xalqning mutafakkir siymolaridan
biriga aylanishi, ayniqsa, yosh avlodlar uchun
hamisha maroqli va ibratlidir.
ZULFIYA
«Bahor keldi seni so‘roqlab»
84x108 1/32, 192 bet, yumshoq muqova
XX asr o‘zbek she’riyatining zabardast vakillari-
dan biri, davlat arbobi Zulfiya Isroilova bugungi kun
o‘quv chilari uchun yaxshi tanish. Maktab darsliklarida
shoiraning qator she’rlarini mutolaa qilganmiz. Vatan,
mahabbat, vafo, ezgulik tuyg‘ulariga yo‘g‘rilgan she’rlari
barchamizning ko‘nglimizdan munosib joy olgan.
Mazkur kitob Zulfiya tavalludining 100 yilligiga
bag‘ishlab nashrga tayyorlandi. Undan shoira ijo-
didagi eng sara she’rlar o‘rin olgan. Aziz o‘quvchi-
larimiz ushbu to‘plamni o‘qib, mutolaa zavqidan
bahramand bo‘ladilar, degan umiddamiz.
ODIL YOQUBOV
«Billur qandillar»
84x108 1/32, 322 bet, yumshoq muqova
Odil Yoqubov – o‘tgan asrning oltmishinchi – yet-
mishinchi yillari yoshlarining sevimli adiblaridan biri
edi. «Billur qandillar», «Muqaddas», «Muhabbat» kabi
qissalar o‘sha davr o‘quvchilarining axloqiy va ma’naviy
tarbiyasiga ijobiy ta’sir etgan, desak xato bo‘lmaydi.
Asarlarning barchasida yoshlar o‘rtasidagi mu-
habbat mavzusi yetakchilik qiladi. Chin sevgi,
poklik va halollik, muhabbatga yetishish yo‘lidagi
xudbinliklar, xiyonat kabi munosabatlar o‘quvchini
asar mohiyatini bilishga undaydi.
Xudbinlik va nohalollik hukm surgan joyda mu-
habbat so‘nadi, hatto o‘ladi. Mehr va vijdon muhab-
batga yetkazadi. Yashashning mazmuni muhabbat
bilan sayqal topadi. Shu boisdan Odil Yoqubov
asarlari nafaqat bugungi kun uchun, balki kelajak
uchun ham ibratli bo‘lib qolaveradi.
|