Mov. T.: Yangi asr avlodi, 2015. 336 b



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/107
tarix28.04.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#125980
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
f229f7ed2e8f42677ceb9ddb16a80b18 Dunyoning ishlari

ALBER KAMYU
«Begona»
84x108 1/32 476 bet, qattiq muqova
Alber Kamyu – XX asrning fransuz adabiyoti ning 
yirik namoyandalaridan biri, adabiyot bo‘yicha No-
bel mukofotining sohibi, mohir adib, dramaturg, 
faylasuf, «Tubanlashuv», «Vabo», «Sifiz haqida aso-
tir», «Kaligula», «Asotir va qiyofa», «Isyonkor odam», 
«Begona» kabi asarlar muallifi.
A.Kamyu o‘z asarlarida Ikkinchi jahon urushi 
dahshati oqibatida paydo bo‘lgan insoniy taqdir-
ning absurd hissiyotlarini kuylaydi.
Alber Kamyuning «Vabo» va «Begona» asarlari 
Ahmad A’zam tomonidan mohirona tarjima qilin-
gan. «Hikmatlar», «Yon daftarchalar» asarlari esa 
I.Bek tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan.
Asar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
FYODOR DOSTOYEVSKIY
«Jinoyat va jazo»
84x108 1/32 876 bet, qattiq muqova
Jahon va o‘zbek adabiyotining durdona asarlari-
dan tarkib topgan «Kamolot kutubxonasi» rukni bu 
gal atoqli rus yozuvchisi Fyodor Dostoyevskiyning 
«Jinoyat va jazo» romanini taqdim etadi.


 «Kambag‘allik ayb emas, biroq yo‘qchilik – illat. 
Birinchisida inson tug‘ma olijanob fazilatlarni saqlab 
qola oladi, ammo yo‘qchilikda ularni hech qachon 
va hech kim saqlab qola olmaydi», asardagi perso-
najlaridan biri bosh qahramonga bu gapni hayo-
tiy misollar asosida izohlab beradi. Universitetning 
sobiq talabasi bo‘lgan Raskolnikov esa bu gapdan 
tegishli xulosa chiqara olmaydi. Natijada, yo‘qchilik-
dan qutulish, tezda boyib ketish va yuqori mavqega 
ega bo‘lish maqsadida aql bovar qilmaydigan jinoyat 
sodir qiladi. Fojiali jihati – qahramon o‘z jinoyatini 
oqlaydi. Ammo hayot qonunlari adolatli – jinoyat-
ni jazosiz qolishiga imkon bermaydi. Ruhiy jazo ji-
noyatchini o‘z aybiga iqror bo‘lishga majbur etadi. 
Romanda shu mudhish qotillikning uzluksiz 
uqubatlari bilan birga go‘zal muhabbat tasviri ham 
borki, u kitobxon qalbini beixtiyor junbishga keltiradi.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin