O‘tkir Hoshimov
312
dovchilarning uchrab qolishidan yurak hovuch-
lab turgandi. Yo‘q, hech kim uchramadi... U
Dilorni endi o‘ziniki deb o‘ylar, shu qiz uchun
dunyoning narigi chekkasigacha borishga ham
tayyor edi. Lekin qishloqdan uzoqlashgan sayin
uning qadami sekinlashar, o‘zi
qilayotgan guno-
hini endi tushunayotganday bo‘lardi. Go‘yo kim-
dir ko‘zga ko‘rinmas nozik, juda nozik iplar bilan
uni Tentaksoyga bog‘lab qo‘ygan-u, bu iplar bor-
gan sayin tarang tortilar, yana bir qadam yursa,
uzilib ketayotganday bo‘lardi.
Shalaq arava tepalik ustiga chiqqanda to‘xtadi.
Tirkash tag‘in burilib orqaga qaradi. Pastda qish-
loqni tasmaday o‘rab olgan soy yaltillab ko‘rinar,
ammo uylar ko‘zga tashlanmas, quyuq daraxtzor
ustiga oqshom sharpasi qo‘ngandi. Uzoqda – kat-
ta yo‘l ustida quyuq chang ko‘rindi.
– Poda qaytyapti, – pichirladi u. Birdan ko‘z
o‘ngi qorong‘ilashib, xotiralar quyunidan boshi
aylanib ketdi.
Bir vaqtlar o‘zi ham kattakon targ‘il sigirni tong
saharda podaga qo‘shib yuborar, kechqurun si-
girning o‘zi eshikdan ma’rab kirib kelardi. Sigirni
qo‘shni kelin sog‘ib berar, Qosim otaning kampi-
ri o‘lib ketgan, so‘qqabosh edi. Cholning o‘zidan
boshqa ovunchog‘i yo‘qligini, uning umidi yolg‘iz
Tirkashdan ekanini endigina tushundi.
O‘sha, suvdan olib chiqqan
yiliyoq Qosim ota
unga papka, «Alifbe» olib bergan, Tirkash mak-
tabga qatnay boshlagan edi. Tong saharlab
shudring qo‘ngan dalalardan maktabga yugur-
ganlari, yozlari qishloq bog‘ida bolalar bilan uzum
uzishgani, bultur o‘ninchini bitirganida maktab-
da o‘tkazilgan kecha uning xayolida jonlandi-yu,
yuragi gupillab urib ketdi.
Dunyoning ishlari
313
Tirkash kuz kechalari
xirmonda ishlashni
yaxshi ko‘rardi. U baland xirmon ustiga chiqib,
chalqancha yotib olar, nazarida osmon borgan
sayin pastlashib tushayotganday bo‘lar, pax-
taning yelkalariga iliqqina, yumshoqqina botishi
ham, salqin shamoldan junjikib, seskanib ketishi
ham – hamma-hammasi juda lazzatli edi.
U rohat qilib yotganida pastdan mashina ning
bo‘g‘iq
ovozi eshitilar, kabina eshigi taraqlab
ochilardi.
– Uxlab qoldingmi, hoy lo‘li!
Tirkash haydovchilarning qo‘polligiga parvo
qilmas, o‘zini shu qishloqning bir o‘zbegi, bir
farzandi hisoblardi. U xirmon ustidan sakrab
tu shardi-da, kuzovga panshaxa bilan paxta or-
tardi...
Keyin traktorchiga shogird tushdi. U omoch-
larni to‘g‘rilab borar, palaxsa-palaxsa bo‘-
lib ko‘chayotgan tuproq isi,
kerosin hidi mast
qilib qo‘yganday boshi aylanib ketar, motorning
guvillashi ham, traktor atrofida parvonaday ay-
lanayotgan qarg‘alarning qag‘illashi ham gashtli
tuyilardi unga.
Yigit o‘sha tuproq isini, bahor qo‘ng‘irog‘idan
uyg‘ongan yerning iliq nafasini, Tentaksoyning
tishni qamashtirib yuboruvchi
muzday suvlarini
hech qachon, hech nimaga alishmasligini, alisha
olmasligini endi tushundi. Tushundi-yu, tishlari
g‘ijirlab ketdi.
...Tirkash yelkasiga kelib tushgan xivich
zarbidan seskanib ketdi.
– Yurmaysanmi?
Dilor bir qo‘lini biqiniga tirab, bir qo‘lida xi vich
o‘ynatib jilmayib turardi. Atrof qorong‘ilashib qol-