Sog’lom shaxsni shakllantirish uchun kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash jarayonida asosiy nerv jarayonlari tipini hisobga olish zarur.
Sog’lom shaxsni shakllantirish uchun kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash jarayonida asosiy nerv jarayonlari tipini hisobga olish zarur.
Notinch bolalarga ko’p e’tibor berish lozim. Aks holda ularda diqqatni bir joyga to’play olmaslik va o’zini tuta olmaslik xislatlari shakllanadi. Bunday bolalar jamoada tinchlikni tez – tez buzadilar va doimiy stress va zo’riqish holatida yashaydilar. Kuchsiz tormozlangan bolalarga birlashish imkoniyatini berish lozim, chunki ular uchun notinchlik, shovqin juda kuchli qo’zg’atuvchi hisoblanadi. SHu bilan birga yolg’izlik va to’liq ajralib qolish ham bunday bolalar uchun zararli hisoblanadi. Bunday bolalarga sekin – asta topshiriqlar berib, doimo jamoaga jalb qilish kerak. Sekin harakatlantiruvchi, xotirjam bolalarni doimiy undab, ishga jalb etib turish lozim, aks xolda ular taraqqiyotida orqada qolishlari mumkin.
6. Kichik yoshdagi bolalarda xissiyotni tarbiyalash katta ahamiyatga ega. Bola uchun atrofdagi insonlarning yaxshi kayfiyati va kuklgisi muxim. Ularni tartibga o’rgatish, muhabbatni tarbiyalash, bolalarni jamoaga jalb etish katta ahamiyatga ega.
2.Kichik maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalashning psixogigenik jihatlari.
2.Kichik maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalashning psixogigenik jihatlari.
Maktab yoshidagi bolalar psixogigienasiga o’qishdan qoniqish, xotirani yaxshilash, (mantiqiy eslab qolish), ixtiyoriy diqqatni rivojlantirish, mas’uliyatni oshirish kabi ta’lim bilan bog’liq muammolar kiradi.
Maktab yoshidagi bolalar psixogigienasi oila va maktab hamkorligidan tashkil topadi. SHu bilan birga ikkala ota – ona qarashlarining bir xilligi ham o’quvchi psixik taraqqiyoti uchun yaxshi asos bo’lishi mumkin. O’quvchini tushunmaslik, uni sevmaslik, yaxshi uxlamaslik va muvaffaqiyatsizliklar, xaddan tashqari kam talabchanlik, bola hayotida qat’iy kun tartibining yo’qligi sog’lom psixik taraqqiyotga ta’sir etuvchi muxim psixik omillar hisoblanadi. SHuning uchun ham maktab yoshidagi psixogigiena tarbiyadagi umumiy muammo hisoblanib, ota – onalar va tarbiyachilarda yaxshi pedagogik qobiliyatlarning mavjudligini talab qiladi.