Mualliflar: I. A. Nosirov, G. M. Xojayeva Kirish



Yüklə 161,27 Kb.
səhifə14/23
tarix31.12.2021
ölçüsü161,27 Kb.
#112268
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Ma`naviyat soatlari

CHOL VA KAMPIR

Qarib qolgan er-xotinlar bir nonushta payti turmushlarining ellik yilligini nishonlashmoqda. Ikkovi ham kuvnoq, juda xursand. Kampir choliga yog’ surtilgan nonni uzatar ekan, o’yladi:

«Ellik yildirki, erim faqat nonning ichini - yumshoq tomonini yaxshi ko’radi, deb unga doim yumshoq nonni berdim. Bu gal o’zim yeyman. Xafa bo’lmasligi kerak. Axir bugun turmushimizning ellik yilligi-ku!»

«Oh xotinjon! Ellik yildirki, sen nonning ust tarafini yaxshi ko’rasan, deb men nukul yumshoq tomonini yedim, bugun naqadar fidokorsan – menga nonning ust qismini berayapsan!»



HAQIQIY BOYLIK

Kunlardan bir kuni ota o’g’lini qishloqqa olib bordi. Bu safardan maqsad boshqalarning o’zidan naqadar faqir ekanini o’g’liga ko’rsatab qo’yish edi. Juda faqir oilada bir necha kun qolishdi. Safardan qaytgandan so’ng ota o’g’lidan so’radi:

- Hayotda naqadar faqir insonlar bo’lishini ko’rdingmi, o’g’lim?

-Ha.


- Nima o’rganding?

O’g’li javob berdi:

- SHuni ko’rdimki, bizning uyimizda bitta it bor. Ularnikida esa to’rtta.

Bizning katta hovuzimiz bor. Ularning esa uzundan uzoq okuvchi soylari bor.

Bizning hovlimizda chet eldan keltirilgan chiroqlarimiz bor, ularning esa yulduzlari. Bizning ko’rish chegaramiz old hovlimizga qadar, ularda esa butun ufqlargacha ko’rinadi. O’g’li so’zlarini bitirganida otasi aytishga so’z topolmadi. O’g’li yana:

- Rahmat, ota, naqadar faqir bo’lganimizni ko’rsatganingiz uchun, - dedi.



KICHIK

Bir qishlokning odami olim huzuriga kelib shikoyat qildi:

- Iltimos, menga yordam bering, yo’qsa, jinni bo’lib qolaman. Bir xonali uyda yashaymiz. Men, xotinim, bolalarim, xotinimning qarindoshlari. Uyymiz jinnixonaga o’xshaydi.

Bir-birimizga baqiraveramiz.

- Mayli, faqat men aytgan hamma ishni bajarasanmi, so’z ber?! -deb so’radi olim.

- Ont ichaman, nima desangiz qilaman.

- Qancha hayvoning bor?

- Bitta sigir, bitta echki va olti tovuq.

- Ularning hammasini uyiolib kir. Bir haftadan so’ng oldimga kel. Odam hayron qoldi, ammo itoat qilishga so’z bergandi. Shunday qilib, u hayvonlarni xonaga olib kirdi. Bir haftadan so’ng bir ahvolda keldi.

- Barbod bo’ldik. Ifloslik! Hid! SHovqin! Hammamizni jinni qildi!

- Endi borgin-da, hayvonlarni uyingdan chiqar, - dedi olim.

Odam ertasi kuni ko’zlari baxtdan porlayotgan olimning yoniga kelib dedi:

- Hayot naqadar go’zal! Hayvonlar tashqarida. Uyimiz, shunaqangi jim-jit, top-toza va keng! Xuddi bir jannat!..


Yüklə 161,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin