Mualliflar: I. A. Nosirov, G. M. Xojayeva Kirish



Yüklə 161,27 Kb.
səhifə15/23
tarix31.12.2021
ölçüsü161,27 Kb.
#112268
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Ma`naviyat soatlari

EMAN BILAN QAMISH

Eman bir kun Qamishga shunday debdi:

- To’g’risi sizga achinaman. Kichkinagina bir chumchuq ustingizga qo’nsa belingiz bukilib qoladi. Mening tog’dek gavdamga qarang! Quyosh ichimga kira olmaydi, bo’ron shoxlarimda o’ynaydi. Esayotgan yel siz uchun bo’ron, men uchun esa mayin shabboda. Hech bo’lmaganda soyamda yashasangiz ham mayli edi. Ammo negadir sizning naslingiz suvli, shamolli joylarda stishadi. Sizlarga achinaman, tabiat qamishlarga haqsizlik qilibdi.

- Juda mshribonsan, - debdi Qamish Emanga qarab. – Sen biz uchun qayg’urma.

Mendan ko’ra sen ko’proq qo’rqgin shamoldan. Men egilaman, lekin sinmayman. To’g’ri, bugun chidab turibsan, tiksan, egilmagansan. Ammo qattiqning ham qatgig’i bor,qarabsanki, bir kuni sen ham yomoniga uchrab qolasan. Bir oz vaqt o’tmay, shamol qattiqroq esa boshlabdi. Nihoyat shunday qattiq shamol turibdiki, hali hech kim bunaqasini ko’rmagan ekan. Shamollarniig onasi, go’yo eng quturgan o’g’lini dunyoga qo’yib yuborgandek bo’libdi. Shunda Qamish egilibdi, Eman chidabdi. SHamol esa tobora kuchayib boraveribdi. Oxiri emanni ildizlari bilai qo’chiriv olibdi. Uning ko’klarga tegib turgan boshi bir zumda zamin uzra yiqilibdi. SHamol uning ildizlarini yetti qavat tuproq ostidan chiqarib olgan ekan.


Yüklə 161,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin