TAXTA PARDADAGI MIX
Do’stlari bilan doim tortishadigan, yomon tabiatli bir yigit bor ekan. Bir kuni dadasi unga bir qop mix beribdi.
- Do’stlaring bilan tortishganingda, har safar bittadan taxtaga qoq, - debdi.
Yigit birinchi kuni taxtaga 37 ta mix qoqibdi, keyingi haftalarda o’zini boshqarishga harakat qilibdi va har kuni yanada oz mix qoqibdi. Nihoyat, bir kuni birorta mix qoqmabdi. Dadasining yoniga qaytib kelibdi. Dadasi uni taxta yoniga keltiribdi. Yigitga:
- Bugundan boshlab tortishmagan kunlaring uchun bittadan mixni chiqar, - debdi.
Kunlar o’tibdi. Bir kuni mixlarning hammasi chiqibdi. Dadasi unga:
- Ofarin, yaxshi ish qilding, - debdi. - Ammo bu taxtaga diqqat bilan qara, ilma-tyoshik bo’lib ketibdi. Oldiigiday chiroyli emas. Do’stlaring bilan tortishganingda yomon so’zlar aytilgan. Har yomon so’z bir yara qoldirgan. Do’stingdan bir bora uzr so’rashing mumkii, ammo bu teshik berkilib qolmaydi.
Dostları ilə paylaş: |