Mualliflar: I. A. Nosirov, G. M. Xojayeva Kirish



Yüklə 161,27 Kb.
səhifə19/23
tarix31.12.2021
ölçüsü161,27 Kb.
#112268
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Ma`naviyat soatlari

DUNYONI TUZATISH

Bir odam yakshanba kuni bir haftaniig charchog’ini chiqarish uchun ertalabdan gazetasini qo’liga olib, kun bo’yi hech narsa qilmasdan uyda o’tirishni rejalashtiribdi. Shu payt o’g’li yoniga yugurib kelib, kinoga qachon borishlarini so’rabdi. Dadasi o’g’liga so’z bergan ekan. Ammo otaning tashkariga chiqqisi yo’q. Gazetaning orqasidagi dunyo xaritasiga ko’zi tushibdi. Oldin xaritani buzibdi va o’g’liga: «Agar bu xaritani tuzata olsang, seni kinoga olib boraman», debdi. O’n daqiqadan so’ng o’g’li dadasining yoniga yugurib kelibdi va:

- Dada, xaritani tuzatdim, endi kinoga boramiz.

Dadasi oldiniga ishonmabdi. Ko’rsa, xarita, busbutun. «Qanday qilding?» deb so’rabdi. Bolaniig bergan javobi g’alati edi:

- Xaritaning orqasida bir inson bor edi. Insonni tuzatgandim, dunyo o’zidan o’zi tuzaldi.

KIMNING YURAGI

Bir bola qorong’uda yurganida yumshoq narsaga qoqildi. Egilib qaradi. Oyoqlari orasida yurak bor edi. Rasmlardagi kabi tirik va qonayotgan edi.Yurak duk-duk etyb urar va issiqqina edi. Bola qo’liga yopishib olgan yuraqdan qutulmoqchi bo’ldi. Bir muddatdan so’ng tinchlanganida, yurakning egasini topish uchun yaqindagi uy eshigini taqillatdi va zanjir oraligidan qarayotgan qizga:

- Bu sizining yuragingizmi? - deb so’radi.

Qiz uyalib:

- Men yuragimni uch oy oldin bir vafosizga o’g’irlatganman, - dedi. Qo’shni uydan so’rang, balki ularnikidadir. Qiz ko’rsatgan uy hashamatli edi. Eshikni ochgan xizmatkorlar uni yuqori qavatga chiqarib, uy sohibiniig yoniga olib bordilar. Bola yumshoqqina gilamlarning ustiga tomayotgai qonlarni oyog’i bilan yopishga harakat qilayotganida uy sohibi keldi. Bola:

- Bu yurak sizniki emasmi, mabodo? - deb so’radi. -Haliyam dukillayapti...

Odam yalt-tolt etib porlayotgan qadahdagi ichimlikdan bir qultum ichib:

- Men yuragimni dunyoga sotdim, og’aypi, - deb aytdi.

Qo’shni uyda qari bir odam bor, balki u bilar...

Bola tezlik bilan sovushga boshlagan va dukillashi sustlashgan yurakni kulbadagi qariyaga olib borib:

- Bu siznikimi? - deb so’radi. - Tez bo’ling, hozir to’xtab qoladi.

Qariya o’qiyotgan ilohiy kitobni sekingina yopib:

- Men yuragimni hamma narsam bilan Allohga berdim, bolam, - deb kulimsiradi. - Qo’lingdagining egasini nega ota-onangdan so’ramayapsan?

- Ikkalasi ham qaridilar, - deb nolidi bola. - Chaqaloqqa o’xshabn xarxasha qilganlari uchun uch kun oldin urishib, ularni tark etdim.

Qari odam xafa bo’ldi:

- Tark etdingmi..?! Demak, tark etding...

Bola aytilganlarga, qarshi loqayd ko’rinayotgandi. Holbuki, qari odam kutgan javobni olgandi. Bolaga tomon shaxdam qadamlar tashladi va ikki qo’li bilan uning ko’ylagini yirtib, ko’ksini ochdi. Bolaning chap ko’ksida qo’llarida ushlab turgan yurak kattaligidagi qonli bo’shliq bor edi...


Yüklə 161,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin