CHANQOQ QARG'A
Issiq kunlarning birida, chanqoq qarg'a suv izlash uchun butun dala bo'ylab uchardi. Uzoq vaqt davomida u hech nima topolmadi. U o'zini juda kuchsiz his qildi. Deyarli umidini uzgan edi. Tasodifan, pastroqda ko'za ichidagi suvni ko'rdi. Qarg'a boshini ko'zaga ichiga solishga harakat qildi. Afsuski, u tushundiki ko'zaning bo'yin qismi (tepasi) judayam ingichka ekan. Keyin u suvni tashqariga to'kish uchun ko'zani pastga itararishga urindi. U bildi-ki, ko'za juda og'ir ekan. Qarg'a bir oz muddat astoyidil fikrladi. Keyin esa atrofni qarab, bir qancha mayda toshlarni ko'rdi. Tasodifan, unda ajoyib fikr paydo bo'ldi. U mayda toshchalarni bitta-bitta terib, har birini ko'za ichiga tashlay boshladi. Ko'za ichini ko'p-ko'p toshchalar to'ldirgan sayin, suv sathi ham ko'tarilib qolardi. Tez fursatda, qarg'aning suv ichishi uchun yetarlicha balandlikkacha ko'tarildi. Uning rejasi amalga oshdi!
Agar siz astoyidil-qattiq harakat qilsangiz, tezda muammoingiz yechimi javobini topa olasiz.
Dostları ilə paylaş: |