Mualliflar: I. A. Nosirov, G. M. Xojayeva Kirish



Yüklə 161,27 Kb.
səhifə3/23
tarix31.12.2021
ölçüsü161,27 Kb.
#112268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Ma`naviyat soatlari

G’arb hikoyatlari



TABASSUM

Kichkina qizaloq tushkun kayfiyatdagi notanish odamga chiroyli tabassum xadiya qildi. Tabassum notanish odamning kayfiyatini ko’tardi. Keyin negadir yaqin orada unga yordam qo’lini cho’zgan do’stiga rahmat aytmaganini esladi.Notanish odam do’stiga ajoyib bir maktub yozdi va uning manziliga jo’natdi. Do’sti maktubni olib shu qadar sevindiki, har kuni restoranda ovqatlanganida, ofitsiant qizga choychaqa berib ketadigan bo’ldi. Ofitsiant qiz birinchi bor bunday choychaqaga ega bo’layotgandi. U kechga yaqin uyiga qaytar ekan, topgan pullaridan bir qismini har gal yo’lning bir chetida turadigan faqir odamning qalpog’iga tashlab ketdi. Ikki kundan beri tuz totmagan faqir kimsa qizdan minnatdor bo’lib,boshi osmonga yetdi. Odam ovqatlanib olgach, baland bino yerto’lasida joylashgan kulbasi tomon yo’l oldi. U shu qadar baxtli ediki, keliboq sovuqda qaltirayotgan mitti kuchukchasini bag’riga bosdi. Kuchukcha sovuqdan qutulganiga xursand bo’lib yayradi, issiqqina xonada ertalabgacha yugurdi. Kechasi binoni tutun qopladi. Qaerdandir yong’in chikdi. Tutun hidini sezgan kuchukcha qattiq akillay boshladi. Avvaliga faqir odam, keyin esa barcha qo’ni-qo’shnilar uyg’ondi. Ota-onalar xavfda qolgan bolalarini bag’irlariga olib himoya qildilar va ularni o’limdan asrab qoldilar...

Bu voqealarning barchasi birgina tabassum tufayli sodir bo’lgan edi.

AXLOQ

Suv, Olov va Axloq - uchovi do’st tutinishibdi. Bir kuni ular sayrga chiqishibdi. Bir-birlaridan xavotir olib, Suvdan so’rashibdi:

- Agar yo’qolib qolsang, seni qaerdan topamiz?

- Qaerda sharillash ovozini eshitsangiz, men o’sha yerda bo’laman, - debdi Suv.

So’ngra Olovdan so’rashibdi:

- Seni yo’qotib qo’ysak, qaerdan topamiz?

- Qaerda tutun ko’rsangiz, men o’sha joyda bo’laman, -debdi Olov.

Navbat Axloqqa kelganida, u shunday javob beribdi: - Meni yo’qotsangiz, izlab yurmang. Hech qaerdan topa olmaysiz.



BAXT

Katta Mushuk dumi bilan o’ynayotgan mitti Mushukchadan so’radi:

- Nega dumingni quvlayapsan?

Mushukcha javob berdi:

- Bir Mushuk uchun eng asosiysi baxt ekanligini, baxt esa dumimdaligini bildim. SHuning uchun uni kuvlayapman. Dumimni tutganimda, albatta, baxtga erishaman.

Shunda katta Mushuk:

- Yoshligimda men ham dumimni baxt deb bilardim. Keyinchalik shuni anglab yetdimki, uni quvlasam mendan uzoqlashadi va aksincha, qachon xotirjam, o’z ishim bilan ovora bo’lib yursam, doimo izimdan ergashadi, - dedi mitti Mushukchaga.


Yüklə 161,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin