SEVGINING KUCHI
Bir ayol kechqurun uyiga qaytganida, notanish uch mehmon eshik oldida turganini ko’rdi va ulardan kimligini so’radi. Birinchisi: "Mening ismim Boylik", ikkinchisi: "Meniki Omad", uchinchisi: "Meniki esa Sevgi", deya o’zlarini tanishtirishdi.
Ayol ularni uyiga taklif etib, mehmon qilmoqchi bo’ldi. Uyda erkak kishi yo’qligini bilgach, ular kirishni xohlamadilar. Ayol kechroq uyga qaytgan xo’jayiniga bo’lgan voqeani aytib berdi. Xo’jayini:
- Ularni uyga taklif qil, - dedi.
Ayol taklif qilganida ulardan biri:
- Hammamiz bir paytda bora olmaymiz. Sen uchovimizdan birimizni taklif qilishing kerak, - dedi.
Ayol bu gapni eriga yetkazdi:
- Unda biz Boylikni taklif qilaylik, uyimizni mo’l-ko’llik, barakot va boylikka to’ldirsin, - dedi eri.
Ayol esa Omadni o’ylab turganida, kelini:
- Sevgini taklif qilaylik, uyimiz sevgi-muhabbatga to’lsin, - deya taklif kiritdi.
Ayol va uiing xo’jayiniga bu taklif mahqul keldi. Ular Muhabbatni ichkariga taklif qildilar. Muhabbat uyga kirarkan, Boylik bilan Omad ham uning ortidan ergashishdi. Ayol:
- Ammo biz Muhabbatni taklif qildik. Sizlar tashqarida qolishingiz kerak edi-ku, - deb aytarkan, Boylik shunday deb javob berdi:
- Agar siz meni yoki Omadni taklif qilganingizda, qolganlar tashqarida kutgan bo’lardi. Modomiki, Sevgi - Muhabbatni istagan ekansiz, u bor joyda Boylik va Omad ham birga bo’ladi.
KICHKINA TOVA
Bir qariya ko’l bo’yida boshqalar qatori baliq ovlardi. U qarmoqni ko’lga tashlab ancha kutdi. Qarmoqqa kattagina baliq ilindi, Qariya baliqni qo’liga oldi va unga yaxshilab qaradi-da, keyin ko’lga otib yubordi.
Qariyaning yonidagi boshqa baliqchilar hali baliq ovlashmagandi. Bir payt qariyaning qarmog’iga yana bitta katta baliq ilindi. Qariya bu gal ham baliqni shu alfozda qo’yib yubordi. U har gal katta-katta baliqlarni tutib, bir ko’zdan kechirgach, yana qaytadai ko’lga irg’itib yuboraverardi. Buni kuzatib turgan boshqa baliqchilar chidab turolmay, qariyadan so’rashdi:
- Nima qilayapsiz, otaxoi! Biz haligacha bitta ham baliq tuta olmadik.
Siz esa qarmoqqa ilingan katta-katta baliklarni ko’lga otib yuborayapsiz...
Shunda qariya:
- Uyimdagi tova kichkina-da, bolam... - deb javob berdi.
TO’RTTA SHAM
Bir xonada to’rtga sham yonib turardi. Xona shu qadar sokin ediki, birov pichirlab gaplashsa bemalol eshitilardi. Birinchi sham:
- Men Tinchlikman! - dedi. - Ammo hech kim menga yordamlashmayapti. Hozir o’chib qolaman. Keyin jimjitlik hukm surdi.
Ikkinchi sham:
- Men Ishoichman, - dedi. Biroq endi kerakligimga ishonmayman... Yoniq qolishimning ham foydasi qolmadi, - deb gapirayotganida, mayingina shabada 1shamni o’chirib qo’ydi.
Uchinchi sham juda xafa edi:
- Men Ishqman. Ammo atrofga nur sochadigan kuchim tugadi. Odamlar Meni nuqul chetga itarishadi. O’zlariga yaqin turganlarni ham yomon ko’radilar.
Ishq shami ham sekingina- o’chib qoldi... SHu payt ichkariga bir bolakay kirdi. Uchta shamning o’chib qolganini ko’rib sababini so’radi va oxirigacha yona olmaganlarini eshitib yig’ladi.
To’rtinchi sham mayin ovozda bolaga maslahat berdi:
- Qo’rqma, men atrofga nur taratar ekanman, qolganlar ham qaytadai yonadi va yorug’lik sochadilar. Zero, men - Umidman!
Ko’zlari porlagan bola, Umid shamini oldi va qolgan shamlarni birma-bir yoqib chiqdi.
Dostları ilə paylaş: |