Mualliflar: I. A. Nosirov, G. M. Xojayeva Kirish



Yüklə 161,27 Kb.
səhifə5/23
tarix31.12.2021
ölçüsü161,27 Kb.
#112268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Ma`naviyat soatlari

HAR ISHDA BIR XAYR BOR

Qahraton qish edi. Kichkina qishloqdan baliqchi kemasi dengizga chiqdi. Tushlikdan so’ng, bo’ron turdi va qorong’u tushgach, baliqchilardan hech biri bandargohga qayta olmadi. Kechasi bilan onalar, yosh bolalar, ayollar qo’llarini ochib, yo’qolganlar topilishini so’rab duo qildilar. Va jim turmasdan qirg’oqdan yoru do’stlarini izlardilar. Ustiga ustak bir kulbadan yoig’in chiqdi. Erkaklarning yo’qligi bilindi. Kulba yonib kul bo’ldi. Ertalab esa baliqchilar kemasi sog’-salomat bandargohga qaytdi. Hamma xursand. Ammo faqatgina bir ayol umidsiz nigohlarini yo’lga qadagan edi. U yong’iida uyi kul bo’lgan odamning xotini bo’lib, xo’jayini qirg’oqqa chiqib olgach, shunday dedi:

- Endi nima qilamiz!? Uyimizdagi hamma narsa yonib kulga aylandi.

Odam ayolni hayratga solib shunday dedi:

- O’sha yong’in uchun shukrlar bo’lsin! Yongan kulbamizning yorug’idan kema yo’lini topdi va biz sohilga sog’-salomat qaytib keldik.

MUTAXASSIS

Bir yosh yigit atrofidagi olim va qariyalar to’g’risida yomon gaplar aytib yurardi. Byr olim unga saboq berib qo’ygisi keldi. Barmog’idagi uzukii qo’liga tutqazib dedi:

- Endi bozorga borib, uzukni bir tilloga sotgin.

Yosh yigit uzukni sotish uchun bozorga bordi. Ammo hech kim bu uzukka o’n kumushdan ziyod pul bermasligini aytdi. Noiloj, olimning oldiga qaytib keldi va bor gapni aytib berdi. Olim unga shunday dedi:

- Endi zargarga bor va uzukning narxini so’ra.

Yosh yigit zargarga bordi. Zargar uzuk ming oltin turishini aytdi. Hayron qolgan yigit olimning yoniga borib, zargarning gapini aytdi. Olim unga mahnodor qarab dedi:

- Dunyodagi hamma narsaning haqiqiy qimmatini anglashing uchun juda ko’p tigalab, o’qishing, o’sha ishning mutaxassisi bo’lishing kerak.


Yüklə 161,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin