G’OLIB BO’LISH HAQIDA
Nogironlar olimpiadasida jismonan va aqlan nogiron to’qqizta qatnashchi yuz metrlik yugurish maydonchasiga to’plandilar. Ishorat berilgach, yugurish boshlandi. Hamma birinchi bo’lib yetib kelish orzusida edi.Musobaqa avvalida bir yosh o’spirin qoqilib yerga yiqildi va yig’lay boshladi. Qolgan sakkiz kishi bola yig’isini eshitib sekinlashdilar va orqaga qaradilar. Keyin hamma ortiga qaytdi. Bolaning oldiga keldilar. Bir qiz egilib bolani o’pdi va: «Endi u o’zini ancha yaxshi his qiladi», dedi. Keyin to’qqiz ishtirokchi birgalikda qo’lni ko’lga berib marraga yetib borishdi. Maydondagilar oyoqqa turib, ularni uzoq vaqt olqishladilar.
TAVSIYA OLMOQ
Motsartning davrida bastakor bo’lish orzusida yongan yoshgina bola bor edi.
Do’stlari unga:
- Sen Motsart bilan gaplash. U senga maslahat beradi,- deyishdi.
Bola Motsartni topib, u bilan tanishdi va bir oz suhbatlashdi.
- Men simfoniya bastalashni orzu qilaman. Uni qanday boshlash kerakligini aytolmaysizmi? - dedi bola.
- Avval ulg’ayishingni tavsiya qilaman, - dedi buyuk bastakor.
- Lekin janob Motsart, siz ham birinchi kuyni bastalaganingizda juda yosh bo’lgansiz.
- To’g’ri, ammo men hech kimdan maslahat so’ramaganman.
SO’Z SEHRI
N’yu Yorkdagi Broklayn ko’prigida o’tiradigan tilanchi bir shoirning diqqatini tortdi. Tilanchining bo’yniga taxtacha osilgandi. Shoir undan kuniga qancha pul topishini so’radi.
- Sakkiz-o’n dollar atrofida, - deb javob berdi. Shunda u tilanchi bo’ynidagi taxtachani olib, orqasiga bir nimalarni yozdi va:
- Men bu yerga «daromadingni» oshiradigan so’zlarni yozdim. Bir haftadan keyin, natijasini aytarsan, - dedi.
Shoir bir haftadan so’ng xabar olgani keldi va o’zini tilanchiga tanitdi.
- Janob, sizga qanday minnatdorchilik bildirishni bilmayman.
«Daromad»im bir haftada ikki barobar oshdi.Qiziq, taxtachaga nima deb yozgan edingiz? - dedi tilanchi.
Shoir kulimsirab:
- Taxtachada: «Tug’ma ko’rman, yordam bering», deb yozilgandi. Men esa:
«Bahor keladi, ammo men yana ko’ra olmayman», degan yozuvlarni bitdim, - deb javob berdi.
Dostları ilə paylaş: |