KICHIK BOLANING DUOSI
Bir ota yetti yoshdagi kichik o’g’lini baliq tutishga olib boribdi. Qarmoqni ko’lga otib, mehmonxonaga qaytishibdi. Bir soatdan so’ng, qarmoqqa baliq ilinganini ko’rish uchun ko’lga borishibdi. Qarmoqqa to’rt-besh dona baliq ilingan edi.
- Dada, Men baliqlarning qarmoqqa ilinishini bilardim, -debdi.
- Qaerdan bilarding?
- Duo qildim, shuning uchun.
Qarmoqni sim bilan to’ldirishib mehmonxonaga qaytishibdi. Ovqatdan so’ng qaytishganda, baliqlarning yana qarmoqqa ilinganini ko’rishibdi.
Bola:
- Men bilar edim, - debdi.
- Qaerdan bilarding?
- Yana duo qildim-da.
Qarmoqni yana ko’lga otib qaytishibdi. Yotishdan oldin ko’lga qaytib ko’rishsa, qarmoqlarga birorta ham baliq ilinmabdi.
Bola:
- Men baliq tutolmasligimizni bilardim, — debdi.
- Qaerdan bilarding?
- Chunki duo qilmadim.
- Nega qilmading?
- Qarmoqqa sim qo’ymaganim esimga tushdi-da, shuning uchun.
Dostları ilə paylaş: |