Mualliflar: I. A. Nosirov, G. M. Xojayeva Kirish



Yüklə 161,27 Kb.
səhifə23/23
tarix31.12.2021
ölçüsü161,27 Kb.
#112268
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Ma`naviyat soatlari

HAQIQIY BOYLIK

Bir kuni juda boy bo'lgan oilada otasi o'z o'g'lini mamlakat bo'ylab sayohatga olib chiqdi, shu maqsad bilanki, o'z o'g'liga kambag'al odamlar qanday yashayotganini ko'rsatib, natijada o'z boyligiga shukr qiladigan bo'lsin. Ular juda kambag'al deb hisoblangan oilaning fermasida ikki kechayu kunduzni o'tkazdilar. Safardan qaytishda otasi o'g'lidan so'radi,

- Sayohat qanday bo'ldi?

- Juda ajoyib bo'ldi, Dada.

- Ko'rdingmi kambag'al odamlar qanday bo'lar ekan?, deb so'radi otasi.

- Ha, dedi o'g'li.

- Xo'sh, sayohatdan nimani o'rganding ?, so'radi otasi. O'g'li esa javob berdi: Men shuni ko'rdimki, bizda bitta kuchuk bor, ammo ularda to'rtta kuchuk bor ekan. Bizda hovuz bor, u bog'imizning o'rtasigacha yetadi, ammo ularda esa dengiz bor, uning oxiri yo'q. Biz bog'imizga chiroqlar keltirganmiz, ammo ularning esa kechasi yulduzlari bor ekan. Bizning ayvonimiz hovlining oldigacha yetib borgan, ammo ular uchun butun ufq bor ekan. Bizda yashash uchun bir parcha yer bor, ammo ularning dalalari esa bizning ko'rish nigohimizdan ham uzoqda. Bizda xizmat qiluvchi xizmatkorlarimiz bor, ammo ular esa boshqarga xizmat qilar ekan. Biz oziq-ovqatimizni xarid qilamiz, ammo ular uni o'stiradilar. Bizda o'zimizni himoya qilish uchun hovli-mulkimiz atrofida devor bor; ularda esa o'zlarini himoya qilishlari uchun do'stlari bor. Shu bilan bolaning otasi jim-jit bo'lib qoldi. Keyin o'g'il yana qo'shib qo'ydi:

"Rahmat dada, bizning naqadar kambag'alligimizni ko'rsatganingiz uchun."



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  1. «Oz oz o'rganib dono bo'lur» Shorasul Zunnun (tarjimon) va Nasriddin Muhammadiyev (to'plovchi)lar «Sharq», 2006.

  2. Sirli, ibratli va hayotiy voqealar. Tarjimon va nashrga tayyorlovchilar:S.Xolmurodova, M.Xolmurodova.T «U-g!»2009

  3. www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Yüklə 161,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin