“Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldiring



Yüklə 15,97 Kb.
tarix16.03.2023
ölçüsü15,97 Kb.
#124169
1-topshiriq


Keys vaziyat

Dars vaqtida bir necha o‘quvchilar telefonda o‘yin o‘ynab o‘tirishibdi. Barcha o‘quvchilar bilmagan holda o‘yinga kirishib ketishdi. O‘qituvchi ularga tanbex berdi. O‘quvchilarga ushbu tanbeh yoqmadi. Natijada ular o‘qituvchiga bu fan umuman kerak emasligi, ular uchun bu fan qiziq esaligini aytib o‘tishdi.


Ushbu jarayonda o‘qituvchi darsni qanday davom ettirishni bilmay qoldi. Kim yana shunday fikrda deb, o‘quvchilarga o‘qituvchi murojaat qildi. Barcha o‘quvchilar qo‘l ko‘tarishdi.
Ushbu vaziyatni Siz qanday tahlil qilasiz. O‘qituvchi qanday hatti-haraktni amalga oshirishi kerak. Yagona optimal yechimni ko‘rsatib bering.
Muammo nimada edi. Nima uchun ushbu muammo vujudga keldi. Siz qanday muammoga yechim bera olasiz.“Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldiring



Vaziyatdagi muammolar
turi

Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari

Vaziyatdan chiqib
ketish harakatlari

Maktab hududida avvalo, tartib qoidalariga rioya qilish kerak.Qo`l telefonlaridan foydalanish maktab hududida ishlatish, qatian man etilgan hisoblanadi.Telefon inson hayotidagi eng katta xavf desak adashmaymiz.O`quvchilarning o`z vaqtini shu telefon orqali o`tib ketmoqda.Shu tufayli o`z vaqtining zolimidirlar.Hozirgi vaqtda telefon har insonning ongini qamrab olgan desak mubolag`a bo`lmaydi.Bu orqali turli internet oyinlariga yosh maktab o`quvchilari beixtiyor berilib diniy eksterarizmga kirib,qumor o`yinlariga mukkasidan berilib ketishmoqda.Maktab o`quvchilari hozirgi paytida juda qiziqqon bo`lib bunday o`yinlar ular uchun real hayotiy o`yinlariga aylanib boradi.Bunday o`yinlardan ularni qutqarish faqat o`qituvchilarning qo`lida emas balki,o`z ota-onasi ham buning uchun yo`l ko`rsatishi kerak. Telefonning faqat zararli tomonlari emas balki,foydali tomonlari ham bisyor. U orqali o`quvchi onlayn darslar va kitoblarni, lug`at kitoblar tortib olib o`z foydasi ertangi kelajagi uchun harakat qilishi mumkin.Hozirgi zamonda juda ko`p ma’lumotlar va media fayllar shu texnalogiyalar orqali bajarilmoqda.Insonlar ham shu kabi elektronlardan o`z maqsadlari yo`lida foydalanishmoqda.

Vaziyat shunday bo`lgan edi aslida,telefon tufayli bu muammo yuzaga keldi.O`quvchilar bu maktab muqaddas dargoh ekanligini unutishib,o`zlari bilmagan holda internet o`yinlariga qiziqib ketishganliklari uchun ustoz kirganliklarini ham unuta yozishdi.Maktab hududida bunday qo`l telefonlar o`quvchi bolalarni dars paytidagi hayollarini chalg`itib o`z domiga tortgan.Shuning uchun maktablarda qo`l telefonlar o`quvchilarga ko`p hollarda darsdan keyin beriladi.Bu yo`l orqali o`quvchilarning hayoli ham, o`qituvchining darsi ham,tanbeh berishdan boshlanmaydi.Maktab yoshidagi bolalarda bu oddatiy hol ko`rinishi mumkin lekin,tashqaridan qarasak bu xuddi manqurt insonga o`xshatishimiz mumkin.Maktabda hamma darsning o`z o`rni bor.Keraksiz darsning o`zi bo`lmaydi.Har bir dars bizning hayotimizda muhim ahamiyat kasb etadi.O`quvchi bolalar dars paytida bunday xatoga yo`l qo`ymasligi kerak edi.Darsmi o`z o`rnida bo`lishi kerakligi tufayli o`qituvchi ham bu uchun jon kuydirib tanbeh bersa,o`quchilar buni hazilga yoyishdilar.Kamiga bu fanni kamsitishib kimga ham kerak deganlari o`qituvchining qalbiga ozor berishdi.Hamma aybni keling o`quvchi bolalardan emas balki,o`qituvchilarda ayb borligini ham unutmaylik. Qars ikki qo`ldan chiqadi…

Bunday vaziyatda o`qituvchi,bolaga shu keraksiz fan deganligi sababli,shu fan yuzasidan mustaqil o`qish uchun topshiriq berishi mumkin.Keyingi dars uchun qiziqarli o`yinlar topib,mavzuni boshqa o`quvchi sheriklari uchun qizqarli qilib gapirib berishi vazifa qilib berish kerak.Ikkinchidan,boshqacha yo`l tutishi ham mumkin.Masalan,o`yinga kirishib ketib,keraksiz bizga keragi yo`q deganligi,telefon o`zining domiga tortganligi sababli,telefonni qo`lidan olib, unga shunday bugungi mavzuni o`qib,krassvord yokida detaktiv o`yinlar tuzib kelsagina,qo`l telefonini berishi mumkinligini aytishi kerak.Shu bilan birga bu fan keraksiz emas balki,hayotimizda o`z o`rni borligini tushunib yetadi.O`quvchida bu fanga bo`lgan qiziqishini uyg`otishga yordam beradi.

Yüklə 15,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin