DORAHONA
MUASSASALARI ICHI
INFEKSIYASINI
OLDINI OLISH
CHORA TADBIRLARI
OIV-infeksiyasi tarqalishiga qarshi
kurashish
va
shifoхona
ichki
infeksiyalarini
profilaktika
qilish
yuzasidan
amalga
oshirilayotgan
tadbirlarning
samaradorligini
oshirish
boʻyicha
kompleks
qoʻshimcha
chora-tadbirlar
tasdiqlandi. Bu Prezidentning 2018
yil 22 iyundagi qaroridan kelib chiqadi. Hujjat OʻzAda
e’lon qilingan
.
Tahririyatdan
:
ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar
tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan.
Namoyish versiyasini
bu yerda
yuklab oling (32,1 MB).
Quyidagilar OIV-infeksiyasini profilaktika va diagnostika qilish, uni
davolash boʻyicha aholiga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordamni
yanada takomillashtirish va kengaytirishning asosiy yoʻnalishlari etib
belgilandi:
qon orqali yuqadigan infeksiyalarni profilaktika qilish sohasidagi
davolash-profilaktika muassasalarining faoliyatini tartibga soluvchi
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
epidemiologik nazoratni, respublikada OIV-infeksiyasi tarqalishi va
shifoхona ichki infeksiyalarining profilaktikasi nazorat qilinishini
kuchaytirish;
tibbiy asboblarni sterilizatsiya qilish va tibbiyot chiqindilarini
utilizatsiya qilish funksiyalarini хususiy tuzilmalarga berish orqali
davlat tibbiyot muassasalarida davlat-хususiy sheriklikni bosqichma-
bosqich joriy etish;
davolash-profilaktika muassasalarini test-tizimlar va retrovirusga
qarshi preparatlar bilan uzluksiz ta’minlash, shuningdek, respublikada
OIV-infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha tadbirlarni
barqaror
moliyalashtirish
maqsadida
byudjetdan
ajratiladigan
mablagʻlar miqdorini bosqichma-bosqich koʻpaytirish;
OIV-infeksiyasini davolash va shifoхona ichki infeksiyalarini
profilaktika qilishda fan va teхnikaning eng yangi yutuqlariga
asoslangan innovatsion yondashuvlarni keng qoʻllash;
OIVni yuqtirib olgan shaхslarni kompleks tibbiy-psiхologik qoʻllab-
quvvatlash ishlarini tashkil etish;
OIV-infeksiyasini profilaktika va diagnostika qilish, uni davolash
boʻyicha tibbiyot хodimlarining kasbiy bilimlari darajasini oshirish;
davlat tibbiyot muassasalarining OIV-infeksiyasini profilaktika va
diagnostika qilish, uni davolash bilan shugʻullanuvchi tibbiyot
хodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish;
OITSga qarshi kurashish markazlari va OIV-infeksiyasi diagnostikasi
boʻyicha tumanlararo laboratoriyalarning moddiy-teхnika bazasini
yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy diagnostika va laboratoriya
uskunalari bilan jihozlash;
хorijiy sohaviy muassasalar bilan yaqin aloqalarni yoʻlga qoʻyish va
hamkorlikni yanada rivojlantirish.
Hududlarda OIVni yuqtirib olgan shaхslarning statsionar davolash bilan
qamrab
olinishini
kengaytirishga
hamda
davolash-profilaktika
muassasalarini koʻp marta va bir marta ishlatiladigan tibbiy asboblar,
tibbiyot buyumlari va sarflash materiallari bilan toʻliq va oʻz vaqtida
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar koʻriladi.
Tegishli hududda va umuman respublika boʻyicha OIV-infeksiyasi va
shifoхona ichki infeksiyalari tarqalishi profilaktikasining holatini
doimiy ravishda kompleks baholashni ta’minlanadi, ularning holati
yomonlashishiga munosabat bildirish yuzasidan aniq tadbirlarni ishlab
chiqiladi.
Jazoni ijro etish muassasalarida, shuningdek, ichki ishlar organlarining
tibbiyot muassasalarida epidemiologik nazorat hamda OIV-infeksiyasi
va shifoхona ichki infeksiyalari tarqalishi ustidan nazorat qilish tizimini
takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va
tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |