MAVZU: XORAZMIY VA UNING "MUHABBATNOMA" ASARI
REJA:
1.
Xorazmiy hayotiga doir ma’lumotlar.
2.
"Muhabbatnoma" asari. Asarning yaratilishi va o’rganilishi.
3.
"Muhabbattnoma"ning xarakteri, janr xususiyatlari, obrazlar
tasnifi.
4.
"Muhabbatnoma"da ijodkorga xos badiiy mahorat.
5. "Muhabbatnoma"ning adabiyotimizdagi o’rni.
Xorazmiy o’zbek dunyoviy adabiyotining yetuklik namoyandalaridan biridir.
Adibning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi yagona manba o’z
asari
"Muhabbatnomadir". Adib bu asari bilan adabiyotimiz tarixida "Noma" janriga
asos soldi. Keyinchalik bu asarga javob tariqasida " Latofatnoma",
"Taashshuknoma , Daxnama kabi o’nlab namunalar yaratildi.
SHoirning nomi bizga noma’lum bo’lib, "Xorazmiy" uning taxallusidir. Bu
uning xorazmlik ekanligini ko’rsatadi. SHoir XIII asrning oxiri XIV asrning
boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan. Xorazmiy yashagan XIII asrning
boshlarida CHingizxon istilosining
dahshatlaridan qutila boshlab, rivojlanish sari
borayotgan davr edi. Uning yoshlik yillari Xorazmda o’tadi. Keyinchalik u SHarq
mamlakatlariga sayohatga chiqib, turli xalqlarning hayoti bilan tanishadi,
turli
qiyinchiliklarni boshidan kechiradi. Xorazmiy Movarounnahr shaharlarida ham
uzoq sayoxat qiladi. 1353 yilning oxirlarida Oltin O’rda xoni Jonibekning
Sirdaryo muzofatidagi amaldorlardan biri Muhammadxojabek bilan tanishadi. U
shoirtabiat kishi edi. Xorazmiy uning iltimosiga ko’ra "Muhabbatnama asarini
yaratdi.
Asar o’n bitta nomadan iborat bo’lib 4,8,11 nomalar fors-tojik tilida qolgan
8 tasi esa o’zbek tilida yozilgan.
Asar nomalar (ishqiy shariy maktub) mas’naviy, g’azal qit’a, munojot,
madhiya kabi janrlardan tashkil topgan bo’lub "noma"lar asarning ko’proq
qismini tashkil etadi.Bu nomalarda shoir oshiqning ma’shuqaga bo’lgan
intilishlarini fikr-o’ylarini, ma’shuqaning husnu jamolini tasvirlaydi. Visol
ishtiyoqini, hijron iztiroblarini kuylaydi. Ko’pincha,sabo
orqali unga salom
yo’llaydi. Mas’naviy - esa soqiyga murojat qilib aytilgan she’rdir. U mas’naviy
ya’ni ikkilik shaklida qofiyalanib keladi. Noma va mas’naviy o’rtasida g’azallar
keltiradi.
Asar ishqiy kechinma va tuygularni kuylovchi asardir. Unda oshiq va yor
obrazi asosiy o’rinda turadi. . Ilohiy ishq va uni kuylash asarda yo’qdir. Asardagi
oshiq o’z yorini har qanday pari, hur farishtalardan ortiq ko’radi. Bu yorsiz hatto
jannatga borishni ham istamaydi.
Ko’ngilga
jondan ortiqroq keraksen,
Pari yu hurdin ko’rkliroq sen,
Farishta ko’rsa bo’lg’ay sizga moil,
Sizingdek kimda bor shaklu shamoil,
Sumansiz orazing guldir tikansiz,
Menga duzax erur uchmoq-sensiz.
"Muhabbatnoma" dagi yor (mashuqa) ana shunday beqiyos go’zallikka ega.
Bu yorga bo’lgan oshiqning sadoqati esa undan ham ortiq. SHuning uchun ortiqki
u yorini hech bir narsaga hech qachon almashmaydi. Asardagi har bir noma ana
shunday oshiqning go’zallikda beqiyos yoriga yo’llagan she’riy maktublaridir.
Bu maktublarda yorning beqiyos go’zalligi va shu yorga bo’lgan oshiqning
ruhiy holati maktublarda zo’r mahorati bilan tasvirlanadi. Maktublardagi yor
nihoyatda go’zal, husnu jamolini hech narsaga qiyoslab bo’lmaydi. Bu go’zalikka
tashna oshiq tinimsiz unga qarab intiladi. Lekin go’zallikda yakto yor go’zal
bo’lish bilan birga bevafo sitamkordir. O’z oshig’ini
vasliga muyassar etishni
sira xayoliga keltirmaydi. Bu ham oshiqning yuragiga o’t soladi. Oshiq va
ma’shuq o’rtasidagi mana shu qarama-qarshilik maktublarga husun bag’ishlaydi.
Ya’ni yor qanchalik nozlansa oshiq esa unga qarab yanada kuchliroq talpinadi
umidsizlikka tushmaydi "uzun tunning so’ngida tong otishiga ishonadi".
Mashuqaning beqiyos go’zalligi, nozu-karashmasi,
oshiqning yorga qarab umid
bilan tinimsiz talpinaverishi maktublarni uqigan kishining ko’nglida orziqish
hissini uyg’otadi.
Dostları ilə paylaş: