Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali



Yüklə 229,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix26.11.2022
ölçüsü229,33 Kb.
#119948
1   2   3   4
Maxammadiyev Nortoy 1-amaliy ishi

Mantiqiy loyihalash. 
MB yaratishning eng zaruriy va mas’ulyatli bosqichlaridan biri - bu 
mantiqiy loyihalashtirishdir. Uning asosiy masalasi tanlangan MBBT uchun 
mo‘ljallangan holda MB mantiqiy sxemasini ishlab chiqishdan iborat. Mantiqiy 
loyihalashtirish bosqichi konseptual loyihalashtirishdan farqli ravishda, u 
komp’yuterning dasturiy vositasini to‘liq hisobga olgan holda amalga 
oshiriladi. Ish mazmuni bo‘yicha mantiqiy loyihalashtirish axborot tizimini va 
uni tashkil etuvchi qismlarni real MBBTiga mos shaklda modellashtirishdan 
iborat. 
Mantiqiy loyihalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: 
1.Aniq bir MBBTni tanlash 
2.Konseptual sxemani mantiqiy sxemaga o‘tkazish 
3.Zarur kalitlarni tanlash 
4.So‘rov tilini tavsiflash 
Aniq bir MBBTni tanlash protsedurasini batafsil qaraymiz. MB loyihasini 
amalga oshirish uchun MBBTni tanlash juda katta mas’uliyat talab qiladi. Bu 
bir tomondan MBBTlarning juda ko‘pligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan ko‘p sonli 
xarakteristikalar bo‘yicha MBBTni baholash va ularning orasidan aynan 
shunday tizimni tanlash kerakki, u foydalaniuvchi va ishlab chiqaruvchilar 
talablarini to‘liq qanoatlantirishi mumkin bo‘lsin. CHunki MBda axborotdan 
foydalanish va ishlov berishi samaradorligi MBBTning qanchalik to‘Qri 
tanlashdan boQliq bo‘ladi. 
MBBTni tanlashning asosiy me’yorlaridan biri-bu ma’lumotlarni ishlatadigan 
ichki modelining konseptual sxemasini tavsiflash uchun qanchalik samarador 
ekanligini baholashdan iborat. SHaxsiy komp’yuterlar uchun mo‘ljallangan 
MBBTlarning ko‘pchiligi, odatda ma’lumotlarning relyasion yoki tarmoq 
modeliga tayangan holda ishlaydi. Zamonaviy MBBTlarning juda katta qismi 
relyasion model asosida yaratilgan. Agar relyasion tizim tanlangan bo‘lsa, u 
holda MBning konseptual sxemasini relyasionga akslantirish (o‘tkazish) oldinda 
turibdi. 
Ishning mazmuni bo‘yicha ma’lumotning tanlangan modeli (relyasion, tarmoq 
va ierarxik) ma’lumotlar tizilmasini tavsiflash uchun vosita beradi. 
Protseduralar MBBT yadrosiga kiradigan ma’lumotlarni tavsiflash tilida 


bajariladi. 
MBBTning ikkinchi tarkibiy qismi ma’lumotlarni manipulyasiya qilish tildan 
iborat. Undan MBni turli tadbiqlar uchun ishlatishda foydalaniladi. Ko‘p 
hollarda ma’lumotlarni manipulyasiya qilish tili (MMT) dasturlashtirish tilga 
o‘rnatilgan (kiritilgan) bo‘ladi. MMT turli imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin: 
quyi pog‘onadagi til va yuqori poQonadagi til. Odatda quyi pog‘onadagi til 
protsedurali, yuqori poQonadagisi esa deklarativ til bo‘ladi. Protsedurali 
tillardan foydalanish ma’lum tayyorgarlikni talab qiladi, deklarativ til bo‘lsa 
ko‘prok professional bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun yarokli. SHuning 
uchun ma’lum MMTga ega MBBTni tanlash maxsus tayyorgarligi 
bo‘lmagan foydalanuvchi uchun juda muhimdir. Bundan tashqari MBBTga 
servis dasturlar va amaliy masalalarni echish uchun vositalar kiradi. 

Yüklə 229,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin