Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali



Yüklə 229,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix26.11.2022
ölçüsü229,33 Kb.
#119948
1   2   3   4
Maxammadiyev Nortoy 1-amaliy ishi

Axborot tuzilmalarini qurish 
Premet sohasini tahlil qilishning oxirgi bosqichi uning axborot tuzilmalarini 
(yoki konseptual sxemalarni) loyihalashtirishdan iboratdir. Predmet sohasini 
tavsiflash yoki konseptual sxemalarni loyihalashtirishni, bu maqsadlar uchun 
maxsus yaratilgan modellardan foydalangan holda amalga oshirish mumkin. 
Ko‘p hollarda konseptual sxemalarni qurish uchun ananaviy agregatsiya va 
umumlashtirish usullaridan foydalaniladi. Agregatsiya qilishda axborot 
ob’ektlari (ma’lumotlar elementlari) ularning orasidagi semantik aloqalarga 
mos ravishda bir ob’ektga birlashtiriladi. Masalan. “DEAWOO” turdagi avtobus 
yo‘lovchilarni jo‘nash punktidan kelish punktiga tashiydi. 
Agregatsiya usuli bilan quyidagi atributlarga ega bo‘lgan REYS axborot 
ob’ektini hosil qilamiz. "avtobus turi; "jo‘natish shaxobchasi", "kelish 
shaxobchasi", "avtobus reysi" 
AVTOBUS REYSI axborot ob’ekti 
Axborot ob’ektlarini (ma’lumotlar elementlarini) birlash-tirishda ularni sinfdosh 
ob’ektlarga birlashtiriladi. 
 
Axborot ob’ektlarini sinfdosh ob’ektlarga birlashtirish. 
Predmet sohasining axborot ehtiyojini va tizimdan foydala-nuvchilarning 
axborot bilan ishlashdagi manfaatini hisobga olgan holda predmet sohasini 


tuzilmalashtirish uchun konseptual model qo‘llaniladi. 
Har bir MB miqyosida konseptual talablar konseptual modelda 
umumlashtiriladi. Konseptual model abstrak vositalar yordamida quriladi va 
predmet sohasidagi hamma axborot ob’ektlarini qurish imkoniyatini 
beradi. Obrazli aytganda konseptual model xuddi predmet sohasining 
“yuqorisiga ko‘tarilib” va uning har bir elementini qurish imkoniyatini 
beradi. Bunda predmet sohasini qanchalik keng, aniq va chuqurroq qurishimiz 
biz tanlagan modeldan bog‘liq bo‘ladi. Minimal imkoniyatlarga ega bo‘lgan 
model ma’lumotlar va ular orasidagi o‘zaro aloqalarni berish imkoniyatini 
ta’minalashi zarur. Konseptual modelning semantik quvvati uning yordamida 
aniqlanishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarakteristikalarning sonini ortishiga 
mos ravishda ortadi. 
Ma’lumki, har bir model ma’lum bir cheklanishlarga ega bo‘lib, o‘zida faqat 
ma’lum bir xossalarni aks ettiradi. SHu sababli konseptual loyihalashtirish 
uchun model tanlashda, real dunyoni o‘zida to‘liq aks ettiradigan ideal 
modelni topish juda katta muammo ekanligini hisobga olish 
zarur. Avvalambor predmet sohasining xususiyatlari va MBga bo‘lgan 
foydalanuvchining talablari modelni tanlash uchun asos bo‘ladi. 
Boshqa muhim talab sifatida konseptual modelning MBBTdan boQliq 
emasligi, chunki u konseptual sxema qurilgandan so‘ng tanlanishi kerak. 
MB tizimini qurish masalasi quyidagi hollarda paydo bo‘ladi: 
1.Agar turli tadbiqlar qandaydir miqdorda umumiy axborot ob’ektlarini 
talb qilsak, ammo hamma axborot ob’ektlari va ular orasidagi xamma 
aloqalarni bitta MBda amalga oshirib bo‘lmasa. 
2.Agar axborot ob’ektlari umumiy aloqaga, munosabatga va atributlarning 
umumiy turiga ega bo‘lsa. 
MB tizimining axborot tuzilmasini ko‘rishga misol sifatida avtomobilsozlikda 
ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini axborot ta’minoti tizimining 
MB uchun axborot tuzilmasini ko‘rish jarayonini qaraymiz. 
Ushbu predmet sohasini tahlil qilish jarayonida quyidagi axborot ob’ektlari 
ajratildi: 
1.Fizik effektlar. Ushbu predmet sohasidagi fizik effektlar texnik ob’ektlarning 
ishlash (harakatlanishi) tamoyili sifatida ko‘rsatiladi. 
2.Texnik qarorlar. 
Bu qurilma, ishlash usuli yoki modda. 
3.Mahsulot. 
Masalan, dvigatel. 
4.Mahsulotni oluvchi ob’ekt. 
Masalan, dvigatel avtomashinaga o‘rnatiladi. 
5.Usullar va uslubiyat. 
6.Asboblar va stendlar. 
8.Texnologik jarayonlar va uskunalar. 
8.Tashkil qilish va mutaxassislar. 


9.Me’yorlar. 
Bu ob’ektlar orasidagi aloqalar qarab chiqilib ma’lumotlarning aloqalarini 
aniqlovchi va tasvirlovchi jarayonlar yoki hodisalar ajratiladi. 

Yüklə 229,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin