Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali 952-21 guruh talabasi Tojimatov Eliyorbek



Yüklə 164,68 Kb.
səhifə2/4
tarix08.06.2023
ölçüsü164,68 Kb.
#127952
növüReferat
1   2   3   4
15-mavzu.Akademik yozuv

Referat materialning shunchaki bir oddiy takrorlanishi, bir yoki bir necha manbalardagi materialni o‘zlashtirib olishdan iborat bo‘lib qolmasligi, ya’ni ko‘chirmachilik va kompilyasiya mahsuli bo‘lmasligi kerak. Unda referent tanlagan mavzuga oid va ishlab chiqilgan adabiyotlarda mavjud bo‘lgan jamiki material tahlil qilib chiqilishi lozim. Referat ustida ishlash bo‘yicha yo‘riqnoma 1. Mavzuning tanlanishi Kafedra taklif qiladigan referatlar mavzulari namunaviy bo‘ladi. Sizning o‘zingizning qiziqishlaringiz va mayllaringizga mos keladigan mavzuni tanlashga mustaqil yondashishingiz maqsadga muvofiq. Siz o‘z qiziqishlaringiz doirasi asosida tanlangan muammoga amal qilib va uni asoslash bilan kafedra tavsiya qilgan mavzular ro‘yxatiga kirmagan referat mavzuini taklif qilishingiz ham mumkin. 2. Tayyorgarlik ishlari: Asosiy manbalarni o‘rganish Siz referat mavzuini tanlagach, 1) tanlangan mavzuga tegishli masalalar doirasi bilan tanishib chiqing: • leksiya materiallarini ko‘zdan kechiring, • fan bo‘yicha o‘quv dasturiga ko‘ra tegishli mavzu uchun tavsiya etilgan adabiyotlarni yana bir bor tahlil qiling. Bu Sizning mavzuning mohiyati, uning o‘rganiladigan kursdagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida aniq tasavvur olishingizga imkon beradi. 3. Zarur materialning konspekt qilinishi Konspekt qilish konspektlashning bir turi: rejali, matnli, tematik, xronologik, tahliliy yoki erkin turiga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Muammoni tadqiq qilish mantiqini ishlab chiqish, referat rejasini tuzish

Referat rejasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: • kirish, • asosiy qism, • xulosa, • foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, • ilovalar (referatning shart bo‘lmagan qismi). Referatning rejasi tanlangan mavzuda ko‘rilishi lozim bo‘lgan masalalar doirasi va referatning asosiy mazmunini belgilaydi. U referentning mavzu materialida umumiy yo‘nalish olishga imkon beradi, uning to‘g‘ri tanlanishi va bayon qilish mantiqini ta’minlaydi. Har bir bandi qat’iy tanlangan material bilan ta’minlangan puxta o‘ylangan reja referatning muvaffaqiyatli yozilishining g‘oyat muhim shartidir. Referatning asosiy qismi o‘zining lo‘nda va aniq nomiga ega masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bo‘linishi zarur. 5. To‘plangan materialning bir tizimga solinishi va referatning yozilishi Kirishda tanlangan mavzuning nazariy va amaliy jihatlardan dolzarbligi asoslanadi, referat qilish maqsadi va vazifalari ifodalanadi. Agar referat monografik bo‘lsa (bir manba yoki muallif referat qilinayotgan bo‘lsa), unda kirishda quyidagilar ko‘rsatiladi: 1) muallif haqidagi qisqacha ma’lumotlar (ilmiy darajasi, uning ixtisosligi, boshqa ishlari); 2) manba mavzuining qisqacha bayoni; 3) ishning maqsadi; 4) ishning ruknlari;


Yüklə 164,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin