Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniring fakulteti amaliy mashg



Yüklə 443,55 Kb.
səhifə5/5
tarix26.11.2023
ölçüsü443,55 Kb.
#136441
1   2   3   4   5
Mironshoh arxi

SCSI SHINAsI
SCSI shinai M. Shugart tomonidan ishlab chiqilgan va 1986 yilda standartlashtirilgan. Ushbu shina qattiq disklar, DVD disklar va boshqalar kabi turli xil saqlash moslamalarini, shuningdek, printer va skanerlarni ulash uchun ishlatiladi. Ushbu standartning maqsadi barcha saqlash moslamalarini maksimal tezlikda boshqarish uchun yagona interfeysni ta'minlash edi.
USB Shina

Bu 12 Mbit / s gacha ma'lumot uzatish tezligini qo'llab-quvvatlaydigan tashqi shina standarti. Bitta USB (Universal Serial Bus) porti sichqon, modem, klaviatura va boshqa USB qurilmalar kabi 127 tagacha atrof-muhit qurilmalarini ulashga imkon beradi. Issiq olib tashlash va apparatni kiritish ham qo'llab-quvvatlanadi. Ayni paytda USB-ning tashqi USB shinalari mavjud, ular USB 1.0, USB 2.0, USB 3.0, USB 3.1 va USB Type-C.
USB 1.0 1996 yilda chiqarilgan va 1,5 Mbit / s gacha bo'lgan ma'lumotlarni uzatish tezligini qo'llab-quvvatlagan. USB 1.1 standarti allaqachon qattiq disklar kabi qurilmalar uchun 12 Mbit / s quvvatni qo'llab-quvvatlagan.
USB 2.0 2.0 yangi spetsifikatsiyasi 2002 yilda paydo bo'ldi. Ma'lumot uzatish tezligi 480 Mbit / s gacha o'sdi, bu avvalgiga nisbatan 40 baravar yuqori.
USB 3.0 2008 yilda paydo bo'lgan va tezlik tezligini yanada yuqori darajaga ko'targan, endi ma'lumotlar 5 Gbit / s tezlikda uzatilishi mumkin. Bitta portdan quvvat oladigan qurilmalar soni ham ko'paytirildi. USB 3.1 2013 yilda chiqarilgan va u allaqachon 10 Gb / s gacha tezlikni qo'llab-quvvatlagan. Shuningdek, ushbu versiya uchun ixcham Type-C ulagichi ishlab chiqilgan bo'lib, unga ulagich har ikki tomonga ulanishi mumkin
. «Shina» topologiyasi (ba’zi hollarda «umumiy shina» ham, deb ataladi) o‘z tashkiliy qismi bilan tarmoq kompyuter qurilmalarining bir turda bo‘lishini va barcha abonentlar teng huquqliligini taqozo qiladi. Bunday ulanishda kompyuterlar axborotni faqat navbat bilan uzata oladi, chunki aloqa yo‘li bitta. Aks holda, uzatilayotgan axborot ustma-ust bo‘lishi natijasida o‘zgaradi (konflikt, kolliziya holatlari). Shunday qilib. bu turdagi axborot almashinuvi yarim dupleks rejimida arnalga oshiriladi (hal duplex), almashinuv bir vaqtning o‘zida emas, navbat bilan ikki yo‘nalishda ham amalga oshiriladi. «Shina» topologiyasida markaziy abonent bo‘lmagani uchun puxtaligi bois boshqa topologiyaga nisbatan yuqoridir. Markaziy kompyuter ishdan chiqqan holatda boshqarilayotgan sistema ham o‘z vazifasini bajarishdan to‘xtaydi. «Shina» tarmog‘iga yangi abonent qo‘shish ancha oddiydir va uni tarmoq ishlab turgan vaqtda ham qo‘shish mumkin. Boshqa topologiyadagi tarmoqlarga nisbatan «Shina»da eng kam uzunlikda kabellar ishlatiladi. Shuni hisobga olish kerakki, har bir kompyuterga (ikki chetdagi kompyuterdan tashqari) ikkitadan kabel ulanadi, bu esa har doim ham qulay emas.
Mumkin bo‘lgan konfliktlarni hal qilish har bir abonentning tarmoq qurilmasi zimmasiga tushadi. «Shina» topologiyasida tarmoq adapterining qurilmasi boshqa topologiyadagi adapter qurilmasiga nisbatan murakkabroqdir. Lekin «Shina» topologiyasida mahalliy tarmoqlarning (Ethernet, Arcnet) keng tarqalganligi uchun tarmoq qurilmalarining narxi unchalik qimmat emas. «Shina» dagi kompyuterlarning biri ishdan chiqsa, tarmoqdagi qolgan kompyuterlar bemalol axborot almashinuvini davom ettirishi mumkin. Kabellarni uzilishi ham qo‘rqinchli emasdek tuyiladi, chunki biz uzilish bo‘lganda, ikkita ishga layoqatli alohida shinaga ega bo‘lamiz. Lekin elektr signallarni uzun aloqa yo‘lidan tarqalish xususiyatidan kelib chiqqan holda «Shina» oxirlariga maxsus moslashtirilgan qurilmalar, ya’ni terminator ulanishi lozim (1.1-rasmda to‘rtburchak shaklda ko‘rsatilgan).
Terminatorsiz ulanganda signal aloqa yo‘lining oxiridan aks sado tarqaladi va surilish hosil bo‘lishi natijasida tarmoqda aloqa amalga oshishi mumkin bo‘lmay qoladi. Shunday qilib, kabel shikastlanganda yoki uzilish hosil bo‘lganda, aloqa yo‘lining moslashuvi buziladi va hattoki, o‘zaro ulangan kompyuterlar o‘rtasida ham axborot almashinuvi to‘xtaydi. «Shina» kabelining xohlagan qismida yuz bergan qisqa to‘qnashuv natijasida butun tarmoqning ish faoliyati to‘xtaydi. «Shina»dagi tarmoq qurilmalaridan birontasi buzilgan taqdirda uni ajratib qo‘yish qiyin, chunki hamma adapterlar parallel ulanganligi sababli ularning qaysi biri ishdan chiqqanligini aniqlash oson emas.
«Shina» topologiyali tarmoqning aloqa yo‘lidan axborot signallari o‘tish davomida so‘nish yuzaga keladi va u qayta tiklanmaydi, shuning uchun kabelning umumiy uzunligiga chegara qo‘yiladi. Bundan tashqari. abonent tarmoqdan turli amplitudali signal oladi, buning sab.abi axborot uzatayotgan kompyuter va axborot qabul qilayotgan kompyuterlar orasidagi masofaga bog‘liqdir. Bunday vaziyat tarmoqning axborotni qabul qilish qurilmalariga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablarni oshiradi. «Shina» topologiyasida tarmoq uzunligini oshirish uchun ko‘pincha bir necha segmentlar ishla­tiladi (har bir segment alohida shinani tashkil qiladi), bu sigmentlar

1.4-rasm. Repiter yordamida segmentlarni «Shina» ga ulash.
o‘zaro maxsus signallarni tiklovchi qurilma-repiterlar yoki takrorlovchi qurilmalar orqali ulanadi (1.4-rasmda ko‘rsatilgan). Lekin bu usulda tarmoqni uzunligini cheksiz oshirib bo‘lmaydi, chunki aloqa yo‘lida signalni tarqalish tezligining chegarasi mavjuddir.
Yüklə 443,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin