Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Yüklə 202,22 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.12.2023
ölçüsü202,22 Kb.
#137551
1-LABAROTORIYA ISHI



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNALOGIYALAR 
VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
QARSHI FILIALI
 
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
KI 13-22 (S) 
 
GURUH TALABASINING
 
Elektronika va sxemalar 1 
 
FANIDAN
1–labarotoriya ishi

 
Bajardi: 
N.Muxammadiyev 
Qabul qildi: X.N.Polvonov 
 
 
 
 
Qarshi-2023 


ELECTRONICS WORKBENCH DASTURI 
Electronics Workbench komponentlari bazasiga passiv elementlar, tranzistorlar, 
boshqariladigan energiya manbalari, boshqariladigan kalitlar, gibrid elementlar, 
indikatorlar, mantiqiy elementlar, trigger qurilmalari, raqamli va analogli 
elementlar, maxsus kombinatsion sxemalar mavjud. 
Faol elementlar modellari ideal va real holatlarda berilgan. O’lchashlarni olib 
borish uchun ampermetr, voltmeter, osillograf, multimetr, Bode-plotter 
(sxemalarni chastota xarakteristikalarini grafik tasvirlagich), funktsional 
generator, mantiqiy analizator, mantiqiy o’zgartirgich kabi asboblar mavjud. 
Electronics Workbench sxema tahlili o’zgarmas va o’zgaruvchan tokda amalga 
oshirilishi mumkin.
Electronics Workbench dasturi turli murakkabliklardagi sxemalarni quyidagi 
harakatlar yordamida yig’ish imkonini beradi:
1.
elementlar bazasidan o’lchov asboblari va elementlarni tanlash;
2.
elementlarni ishchi oynaning istalgan joyiga olib borish;
3.
elementni yoki elementlar guruhini muntazam 90 gradusga burish;
4.
elementlar va elementlar to’plami yoki sxemani ko’chirib olish, o`rnatish 
va o’chirish;
5.
o’tkazgichlar rangini o’zgartirish;
6.
bir vaqtning o’zida bir qancha o’lchov asboblarini ulash;
7.
elementlar parametrlarini keng diapazonda o’zgartirish ;
Barcha amallar sichqoncha va klaviatura yordamida amalga oshiriladi.
Electronics Workbench dasturi komponentlari
Electronics Workbench dasturi oynasi ikki qismga ajratilgan: bular 
komponentlar paneli va komponentlar maydoni.






Bazaviy komponentlar

Birlashtiruvchi tugun
-o’tkazgichlarni ulash va nazorat nuqtalarini hosil 
qilish uchun hizmat qiladi. Sxema yig’ib bo’lingach o’lchov asboblarini ulash 
uchun qo’shimcha tugunlarni joylashtirish mumkin.
Yerga
ulash
komponenti nol kuchlanish vazifasini va istalgan nuqta bilan 
potensiallar farqi hosil qilish imkonini beradi. Sxema tarkibida operatsion 
kuchaytirgich, transformator, boshqariladigan manba yoki osillogrif mavjud 
bo’lsa, bu sxema albatta yerga ulanishi zarur. Aks holda o’lchov asboblari 
ishlamaydi yoki noto’g’ri ma’lumot beradi.
Chiziqli elementlar
Rezistor.
Rezistorning qarshiligi omlarda o’lchanadi va Om dan Mom gacha 
o’zgartirish imkonini beradi.
O’zgaruvchan qarshilik. 
O’zgaruvchan qarshilik qiymatini strelkali-
o’zgartirgich yordamida rostlash mumkin. Qiymatlar oynasida reostat holatini 
(foizlarda) o’rnatish imkoniyati mavjud.
Kondensator. 
Kondensator sig’imi faradalarda o’lchanadi va pF lardan F 
largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi.


O’zgartiriladigan sig`imli kondensator. 
O’zgaruvchan kondensator sig’imini 
ozgartirish imkoniyati mavjud. U faradalarda o’lchanadi va pF lardan F 
largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi.
Induktiv
g'altak. 
Induktiv g'altak (drossel) kattaligi genrilarda o’lchanadi va va 
mkGn lardan Gn largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi.
Induktivligi
o’zgaruvchan
g'altak
. G’altakning kattaligi boshlang’ich qiymat 
va proportsionallik koeffitsienti orqali o`rnatiladi (L=boshlang’ich qiymat/100).
Transformator-
U
1
kuchlanishni U

kuchlanishga o’zgartirish uchun xizmat 
qiladi.
Transformatsiya koeffitsienti n birlamchi cho’lg’am kuchlanishi U
1
ni 
ikkilamchi
cho’lg’am kuchlanishi U
2
ga nisbati orqali aniqlanadi. Transformatsiya 
koeffitsienti qiymatlar oynasiga o’rnatiladi.

Yüklə 202,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin