Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


-Mavzu :ELEKTR ZANJIRLARIDA O‘TKINCHI JARAYONLAR



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix06.02.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#123077
1   2   3   4   5   6   7   8
2-Mavzu :ELEKTR ZANJIRLARIDA O‘TKINCHI JARAYONLAR 
 
Reja: 
1-Umumiy ma'lumotlar 
2- O‘tkinchi jarayon masalasini o‘zgarmas koeffitsiyentli chiziqli differensial 
tenglamalar yechimiga keltirish 
3- Tok va kuchlanishlarning turg‘un va erkin tashkil etuvchilari 
Aytaylik, o‘zgarmas kuchlanish manbayiga ketma-ket rezistor va induktiv g‘altak ulangan bo‘lsin 
(1- rasm, a). 
 
Nazariy jihatdan bunday zanjirda tok cheksiz katta vaqt davomida, amalda esa cheklangan vaqtda 
turg‘un qiymatga ega bo‘ladi (1- rasm, b). Agar zanjirdagi tok turg‘un qiymatga ega bo‘lganidan 
so‘ng kuchlanish o‘zgartirilsa, u holda tok mos ravishda yana o‘zgaradi. Bir turg‘un rejimdan 
boshqa turg‘un rejimga o‘tish ma'lum vaqt davomida sodir bo‘ladi. Elektr zanjirlarida bir turg‘un 
holatdan ikkinchi turg‘un holatga o‘tishda paydo bo‘ladigan elektromagnit jarayon o‘tkinchi 
jarayon deb ataladi. O‘tkinchi jarayon tugashi bilan elektr zanjiri holati oldingi holatidan, masalan, 
sxemaga ta'sir etuvchi EYK, sxema parametrlarining qiymati, kuchlanish yoki tok amplitudasi, 
fazasi, shakli yoki chastotasi o‘zgarishi bilan farq qiladi. Elektr zanjirlarida o‘tkinchi jarayonlar 
kommutatsiya natijasida sodir bo‘ladi. Kommutatsiya - bu elektr zanjirida ulash (2- rasm, a) yoki 
uzish (2- rasm, b) jarayonidir. 
Kommutatsiya oniy ( 

0) vaqt davomida sodir bo‘ladi. 


 
Fizik jihatdan o‘tkinchi jarayon zanjirning kommutatsiyagacha bo‘lgan energetik holatidan 
kommutatsiyadan keyingi energetik holatiga o‘tishdir. Agar zanjirda energiya yig‘uvchi 
elementlar, ya'ni induktiv g‘altak va kondensator bo‘lsa, o‘tkinchi jarayon ma'lum vaqt davom 
etadi. Zanjirning har bir ishchi holatiga uning elektr va magnit maydonlarida ma'lum energiya 
zahirasi mos keladi. Zanjirning bir holat(rejim)dan ikkinchi holat(rejim)ga o‘tishi unda to‘plangan 
energiyalar o‘zgarishi (ortishi yoki kamayishi) ga olib keladi. Zanjir induktiv g‘altagida to‘plangan 
magnit maydoni energiyasi 
 
talab qilinar edi. Bu esa fizik nuqtai nazaridan mumkin emas. Shuning uchun ham induktiv 
elementga ega bo‘lgan shoxobcha uzilganida uzilish joyida elektr yoyi hosil bo‘ladi va unda 
induktiv elementda to‘plangan magnit maydoni energiyasi sarf bo‘ladi. Xuddi shunga o‘xshash 
zaryadlangan kondensator qismalari o‘zaro qisqa tutashsa, shu joyda elektr yoyi hosil bo‘ladi va 
unda ham kondensator elektr maydonida to‘plangan energiya sarf bo‘ladi. Amalda o‘tkinchi 
jarayon vaqti elektrotexnik zanjirlarda soniyalar ulushini tashkil etsa, nazariy jihatdan o‘tkinchi 
jarayon vaqti gacha davom etadi. Elektr zanjirining kommutatsiya (boshlang‘ich) ondagi rejimi 
boshlang‘ich holati deyiladi va shu holatga nisbatan o‘tkinchi jarayon odatda analitik yoki 
ossillografik tahlil etiladi. O‘tkinchi tok, kuchlanish, EYK va h.k. lar kichik harflar bilan, ularning 
aniq vaqtdagi qiymatlari esa shaklda ko‘rsatiladi. Tokning kommutatsiyadan bevosita avvalgi 
qiymati kommutatsiya paytidagi qiymati va o‘tkinchi jarayon tamom bo‘lishidagi qiymat esa 
shaklda ko‘rsatiladi. Elektr zanjirlaridagi o‘tkinchi jarayonlar ma'lum bir foydali maqsadlarda 
qo‘llanishi (masalan, radiotexnika qurilmalari, avtomatik boshqarish tizimlari va boshqa 
zanjirlarda) yoki zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin (masalan, katta induktivlikka ega zanjirlar 
uzilishida izolyasiya uchun xavfli bo‘lgan o‘ta kuchlanishlar paydo bo‘ladi, kondensatorli 
zanjirlarda, transformatorlar va elektr mashinalardagi qisqa tutashishda toklar qiymati bir necha 
barobar sakrashi mumkin).

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin