Elektr
toki
elektr
zarrachalarning
yo’nalgan harakatidan
iboratdir.
Harakatlanayotgan zarrachalar moddaning ionlari yoki molekulalari bilan to’qnashgan
vaqtda zarrachaning kinetik energiyasining ma’lum qismi ionlarga yoki
molekulalarga o’tadi. Buning natijasida o’tkazgich qiziydi.
Shunday kilib, elektr
energiya issikdik energiyaga aylanadi va bu energiya o’tkazgichni qizitishga sarflanib,
atrof muhitga tarqaladi.
Demak, o’tkazgichda tok ajratib chiqargan
issiqlik miqdori tok kuchi
kvadratiga, o’tkazgichning qarshiligi va tokning o’tish vaqtiga proportsionaldir. Bu
qonun
Joul-Lents qonuni deyiladi.
Elektr tokining issiqlikka aylanish xususiyati kavsharlagichlarda, elektr pechlarda,
dazmollarda, saqlagichlarda va boshqalarda ishlatiladi.
QARSHILIKLARNI KETMA-KET ULASH
Agar bitta karshilikning (iste’molchining) oxirgi qismasi ikkinchi qarshilikning
(iste’molchining) bosh qismasi bilan, ikkinchi qarshilikning (iste’molchining) oxirgi
qismasi uchinchi qarshilikning (iste’molchining) bosh qismasi bilan va hokazo ulansa,
bunday ulanishga ketma-ket ulanish deyiladi. U holda hamma qarshiliklar
(iste’molchilar) orqali bir xil tok o’tadi, chunki zanjirning
birorta nuqtasida zaryadlar
yig’ilmaydi. Om qonuni bo’yicha qarshiliklardagi kuchlanishlar.Tok kuchi zanjirning
barcha qismlarida bir xil bo’lmaydi.
Qarshiliklardagi kuchlanishlarni ularning qisqichlardagi potentsiallar
ayirmasi bilan
ifodalash mumkin:
Shu tenglamalarning chap va o’ng qismlari hadma-xad qo’shilsa, quyidagi tenglamani
olamiz:
ya’ni ketma-ket ulangan qarshiliklarda kuchlanishlar tushuvining yig’indisi
zanjirning qisqichlar orasidagi kuchlanishiga teng.
So’nggi ifodani hadma-had tokka bo’lsak, quyidagini topamiz:
R
э
=R
1
+R
2
+R
3
Bunda:
R
э
— zanjirning umumiy (yoki ekvivalent) qarshiligi.
Shunday ilib, ketma-ket ulangan qismlardan tashkil topgan
zanjirning ekvivalent
qarshiligi barcha qarshiliklarning yig’g’indisiga teng ekan.
Dostları ilə paylaş: