Muhammad al-xorazmiy nomodagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 97,83 Kb.
səhifə1/18
tarix10.12.2023
ölçüsü97,83 Kb.
#139319
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Kompyuter injineringi fakulteti elektronika va sxemalar fanidan -fayllar.org


Kompyuter injineringi fakulteti elektronika va sxemalar fanidan mustaqil ish





MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMODAGI 
TOSHKENT AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
FARG`ONA FILIALI
KOMPYUTER INJINERINGI FAKULTETI
ELEKTRONIKA VA SXEMALAR FANIDAN
MUSTAQIL ISH

Bajardi: 


611-21 guruh talabasi Abdurashidov Abduxalil 

Qabul qildi:

Jo`rayeva Gulnozaxon Fazlitdinovna 

2022-yil 






REFERAT 
MUSTAQIL MANBALI O‘ZGARMAS TOK 
ZANJIRINI HISOBLASH. ELEKTR ZANJIRNING 
KOMPLEKS UZATISH FUNKSIYASINI 
HISOBLASH
Reja:
1. Elektr toki. Qarshilik.
2. Elektr tokining energiyasi va quvvati.
3. Elektr texnikasining asosiy qonunlari. Joul-Lens qonuni.
4. Elektr uzatish liniyalari simlarida kuchlanish isrofi.
Om qonuni. Qarshilik. Elektr toki - bu zaryad tashuvchi
zarrachalarning yo‘naltirilgan tartibli harakatidir. Tok kuchi vaqt
birligida o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi orqali o‘tuvchi elektr
(zaryad) miqdori bilan aniqlanadi : I = Q / t Tok kuchining birligi amper
( A) : 1A =1Kl /1s Tok zichligi ( A / mm2 ) J=I/S bu yerda I −
o‘tkazgichdagi tok kuchi; ( A) ; S o’tkazgichning ko‘ndalang kesim
yuzasi, ( mm2 ) . Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni: Zanjirning bir
qismidan o‘tuvchi tok kuchi shu qismdagi U kuchlanishga to‘g‘ri
proporsional va uning R qarshiligiga teskari proporsional, ya’ni: I=U/R
bu yerda U voltda (V ) ; R - Om birlikda o’lchanadi. Butun zanjir uchun
Om qonuni: I = E / ( R + r) tenglama bilan ifodalanadi va bu yerda E −
elektr energiya manbasining elektr yurituvchi kuchi, (V ) ; R − tashqi
zanjir qarshiligi, ; r – manbaning ichki qarshiligi,
O‘tkazgichning elektr qarshiligi: R=U/I tenglama bilan
ifodalanadi. Qarshilikka teskari kattalik o‘tkazuvchanlik G deb ataladi
va simens birlikda (Cm) o’lchanadi. 1Cm 1/ ; G=1/R O’tkazgichning
elektr qarshiligi: tenglama bilan ifodalanadi, bu yerda: solishtirma
qarshilik,( mm 2 / m) ; l o‘tkazgich uzunligi, o‘tkazgichning ko‘ndalang
kesimi yuzasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: Rezistorlarni ketma-



ket, parallel va aralash ulash usullari. Ketma-ket ulangan rezistorlar


qatorining ekvivalent qarshiligi har bir rezistor qarshiliklarning
algebraik yig‘indisiga teng: Rezistorlarni ketma-ket, parallel va aralash
ulash usullari. Ketma-ket ulangan rezistorlar qatorining ekvivalent
qarshiligi har bir rezistor qarshiliklarning algebraik yig‘indisiga teng: R
=R1+ R2+ ...+ Rn Parallel ulash deb rezistorlarning shunday ulanishiga
aytiladiki, bunda elektr zanjirining ikki tuguni orasida bir nechta
rezistorlar ulangan bo‘ladi. Bu zanjir qismining ekvivalent
o‘tkazuvchanligi barcha parallel shoxobchalar o‘tkazuvchanliklari
yig‘indisiga teng bo’lib, quyidagicha ifodalanadi: Har bir shoxobchadagi
qarshiliklar o‘zaro teng bo‘lsa, ya’ni bo’lib, n ta shoxobcha parallel
ulaganda umumiy qarshilik: Ikkita rezistorlar parallel ulanganda
ularning ekvivalent qarshiligi: Rezistorlarni aralash ulash deganda
rezistorlar yoki zanjir qismlari ketma-ket va parallel ulanishlardan iborat
bo‘ladi. O‘tkazgich qarshiligining haroratga bog‘liqligi bu yerda R1
haroratdagi o‘tkazgichning qarshiligi, R2 haroratdagi o‘tkazgichning
qarshiligi, qarshilikning harorat koeffitsienti bo’lib, son jihatdan
o‘tkazgichni 10C haroratga qizdirishda qarshilikning nisbiy o‘zgarishiga
teng. Zanjirning bir qismida, t vaqt davomida Q zaryadni ko‘chirishga
sarflangan ish tenglama bilan ifodalanadi va bu yerda A bajarilgan ish
Joul birligida o’lchanadi E.Yu.K E bilan elektr energiya manbasining
bajargan ishi: Yuklama iste’mol quvvati: tenglama bilan ifodalanadi va
bu yerda P - quvvat (W ) birlikda o’lchanadi. Manba yoki generatorda
ishlab chiqariladigan quvvat: Energiyaning saqlanish qonuni bo‘yicha
generatorning quvvati iste’molchilar quvvatlarining algebraik
yig‘indisiga teng bo’lib, uni elektr zanjirlaridagi quvvatlar balansi
deyiladi va quyidagicha ifodalanadi: O‘tkazgichdan o‘zgarmas tok
o‘tganda ajralib chiqqan Q issiqlik miqdori ( J ) : tenglama bilan
ifodalanadi va bu yerda Q − issiqlik miqdori kaloriya birlikda
o’lchanadi. Kirxgofning birinchi qonuni. Tugunga kiruvchi toklarning
algebraik yig‘indisi, tugundan chiquvchi toklarning algebraik
yig‘indisiga teng, yoki tugundagi toklarning algebraik yig‘indisi nolga
teng bo’ladi va tugundagi toklarning algebraik yig‘indisi nolga teng
bo’ladi va quyidagi Tugunga yo‘naltirilgan (kiruvchi) toklarni shartli
ravishda musbat,tugundan chiquvchi toklar “-” manfiy deb qabul
qilinadi. Kirxgofning ikkinchi qonuni. Elektr zanjirining berk konturida
E.Yu.K larning algebraik yig‘indisi, shu konturdagi qarshiliklarda
kuchlanishlar tushuvining algebraik yig‘indisiga teng: Buqonun
bo‘yicha tenglama tuzilganda manba yurituvchi elektr kuchi (E.Yu.K)



“+” belgi bilan yoziladi, qachonki uning yo‘nalishi konturni aylanish


yo‘nalishi bilan mos tushsa. Kuchlanish tushuvi yo‘nalishi “+” belgi
bilan yoziladi, qachonki rezistor orqali o‘tuvchi tokning yo‘nalishi
konturni tanlangan aylanish yo‘nalishi bilan mos tushsa. Liniyadagi
kuchlanish tushuviga teng bo‘lgan va liniya boshidagi U1 hamda
oxiridagi U2 kuchlanishlarning U 1U2 farqiga kuchlanish isrofi deyiladi
va quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: liniya simlarining qarshiligi:
bitta simning uzunligi, ( m) ; S – simning kesim yuzasi, ( mm2 ) .
Liniyadagi quvvat isrofi birligi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: bu
yerda P1 – liniya boshidagi quvvat, (W ) ;P2 – liniya oxiridagi quvvat,
(W ) Elektr zanjirining ayrim qismlarini to’rt qutblik bilan tasvirlash
mumkin. TQ - bu elektr zanjiri (yoki uning qismi) ikkita kirish va ikkita
chiqish uchlari bilan ifodalanadi. 1,İ1 - ta’sir 2,İ2 –ta’sirga javob TQni
o’z uzatish funksiyasi orqali tasvirlash mumkin. TQning kompleks
uzatish funksiyasi bu TQdagi chiqish kompleks funksiyasining kirish
kompleks funksiyasiga nisbatidir: H(ω) - ACHX (amplituda- chastotaviy
xarakteristika) ψ(ω) - FCHX(faza-chastotaviy xarakteristika) H(jω)u=
U2(jω)/U1(jω) - kuchlanish bo’yicha kompleks uzatish
funksiyasiH(jω)i = I2(jω)/I1(jω) - tok bo’yicha kompleks uzatish
funksiyasi.



Yüklə 97,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin