Muhammad al-xorazmiy nomodagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 97,83 Kb.
səhifə16/18
tarix10.12.2023
ölçüsü97,83 Kb.
#139319
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Kompyuter injineringi fakulteti elektronika va sxemalar fanidan -fayllar.org

Rezistor (lot. resisto — qarshilik koʻrsataman) — radio va elektrtexnika
qurilmalari elektr zanjirining strukturaviy (tugal buyum koʻrinishidagi) elementi;
asosiy vazifasi — elektr toki ga faol qarshilik koʻrsatish. Qarshilikning nominal
qiymati (bir necha Om dan 1000 GOm gacha), undan ogʻish qiymati (0,001—20%)
va maksimal sochish quvvati (Vt ning yuz larcha ulushlaridan bir necha MVt
gacha) bn tavsiflanadi. Tayyorlanadigan materialiga qarab, R. metall, uglerodli,
suyuklikli va yarimoʻtkazgichli; qarshilik turiga qarab, oʻzgarmas va oʻzgaruvchan
xillarga boʻlinadi. Bulardan tashqari, qarshiligi kuchlanishga (maxsus; varistorlar),
traga (termorezistorlar), yoritilganlikka (fotorezistorlar) va deformatsiyaga
(tenzodatchik) bogʻliq boʻlgan xillari bor. R. yordamida radioelektron qurilmalarda
tok kuchi va kuchlanish rostlanadi, tra, yorugʻlik kuchi oʻlchanadi va boshqa



Termobardosh materiallardan tayyorlangan baʼzi R. qizdirish elementi sifatida


ishlatiladi.
Tranzistor (
inglizcha
transfer — koʻchirmoq va
rezistor) —
elektr
tebranishlarni kuchaytirish, generatsiyalash (hosil qilish) va
oʻzgartirish uchun moʻljallangan 3 elektrodli yarimoʻtkazgich asbob hamda
mikroelektronika qurilmalarining asosiy elementi.
Tranzistorlar tuzilishi, ishlash prinsipi va parametrlariga koʻra 2 ta sinfga
ajratiladi — bipolyar va maydoniy (unipolyar) tranzistorlar. Bipolyar
tranzistorlarda ikkala turdagi (
p-tipli
va
n-tipli
) oʻtkazuvchanlikka ega boʻlgan
yarimoʻtkazgichlar ishlatiladi. Bipolyar tranzistor, oʻzaro yaqin joylashgan
p-n
oʻtish
hisobiga ishlaydi va baza-emitter oʻtishi orqali tokni boshqaradi. Maydoniy
tranzistorlarda faqat bir turdagi (n-tipli yoki p-tipli) yarimoʻtkazgichlar ishlatiladi.
Bunday tranzisorlarning bipolyar tranzistorlardan asosiy farqi shundaki, ular
kuchlanishni boshqaradi, tokni emas. Kuchlanishni boshqarish zatvor va istok
orasidagi kuchlanishni oʻzgartirish orqali amalga oshiriladi.
Diod-(yunon. di... ikki martalikni bildiruvchi old qo’shimcha va еlektr od) –
bir tomonlama еlektr o’tkazuvchanlik xossasiga еga bo’lgan ikki еlektrodi asbob.
Еlektrvakuumli, yarim o’tkazgichli diod, gazotron xillari bor. Radiotexnika,
еlektronika, еnetgetika va texnikaning boshqa sohalarida asosan, o’zgaruvchan
tokni to’g’rilash, detektrlash, chastotani qayta o’zgartirish, еlektr zanjirlarni
almashlab ulashda ishlatiladi.

Yüklə 97,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin