+ 4Sana: 201 y. Mavzu: to’G’ri chiziq. Kesma darsning maqsadi


Ta’rif. Tekislikning bir nuqtasidan chiqqan ikki nur bilan chegaralangan sohasi



Yüklə 273,5 Kb.
səhifə4/14
tarix13.11.2022
ölçüsü273,5 Kb.
#119431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
4Sana 201 y. Mavzu to’G’ri chiziq. Kesma darsning maqsadi

Ta’rif. Tekislikning bir nuqtasidan chiqqan ikki nur bilan chegaralangan sohasi burchak deyiladi.
Bir nuqtadan chiqqan ikki nur tekislikda ikkita burchak hosil qiladi. Nurlarning umumiy boshi burchakning uchi deyiladi. Qaralayotgan burchak uchi yaqiniga kichik yoy tortib ko’rsatiladi (54-rasm).
Burchakni «» bilan belgilash qabul qilingan. Masalan, A, AOB, , 4 va hokazo (55-rasm).
Burchakni tashkil etgan nurlar burchakning tomonlari deyiladi.
Ma’lumki, to’g’ri chiziqdagi biror O nuqta boshi O nuqtada bo’lgan ikki nurni aniqlaydi. Bunday nurlar tashkil etgan burchak o’ziga xos xususiyatga ega (56-rasm).
Ta’rif. Tomonlari bir-biri to’ldiruvchi yarim to’g’ri chiziqlardan iborat bo’lgan burchak yoyiq burchak deb ataladi.

101. Biror O nuqtadan chiquvchi uchta OA, OB, OC nurlar hosil qilgan barcha burchaklarning ifodasi yozing.


102. Yoyiq bo’lmagan AOC burchak uchidan chiquvchi va uni ikkiga bo’luvchi OC nurni hamda AOC ni ikkiga bo’lmaydigan OD nurni chizing.
103. Chamalab biri ikkinchisiga teng bo’lgan ikki burchak chizing.
104. AOB ning O uchidan chiqib, tomonlari orasidan o’tuvchi OC nurni shunday chizingki (chamalab) AOC=2COB bo’lsin.
105. Chizma tekisligida biror nuqtani tanlab, undan chiqib turli ko’rinishda burchaklar hosil qiluvchi nurlar chizing.
106. 56-rasmda O nuqtadan OA va OB nurlardan farqli uchinchi nur chizsak, nechta turli burchaklar hosil bo’ladi?
107. Bir nuqtadan chiquvchi turli uchta nur nechta burchakni tashkil etadi? Ularni chizmada ko’rsating.
108. Bir nuqtadan chiquvchi turli to’rtta nur nechta burchakni tashkil etadi?
109. Biror ABC burchak chizing. Unga tegishli va tegishli bo’lmagan nuqtalarni belgilang.
110. Yoyiq bo’lmagan biror burchak chizing. A, B, C va D nuqtalarni shunday belgilangki, AB kesmaning barcha nuqtalari burchakka tegishli bo’lsin, CD kesmaning barcha nuqtalari esa burchakdan tashqarida bo’lsin.
111. Biror AOB buchak va uni ikkiga bo’ladigan OC nur chizing.
112. Darslikning 2-ilovasida keltirilgan yunon alifbosini daftaringizga yozing va o’qing.
113. Bir nuqtadan chiquvchi oltita nur chizing. Ular tashkil etgan burchaklarni yunon alifbosi bilan ifodalang
114. 57-rasmda  burchak va A, B, C, D nuqtalar tasvirlangan. C, D, B, A ifodalarning qaysi biri noto’g’ri?



Yüklə 273,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin