1. A. Temur va temuriylar saltanat Temuriylar davlatining boshqaruv tizimi


A.Temur davlatini tuzishga kirishar ekan, u Samarqanddan boshqa shahar va mamlakatlarni birma-bir ishg‘ol qila boshlaydi



Yüklə 70,5 Kb.
səhifə2/5
tarix18.06.2022
ölçüsü70,5 Kb.
#117037
1   2   3   4   5
A.Temur va temuriylar saltanat

A.Temur davlatini tuzishga kirishar ekan, u Samarqanddan boshqa shahar va mamlakatlarni birma-bir ishg‘ol qila boshlaydi.
Mug‘ul xoni Tug‘luk Temurxonning o‘g‘li Ilyosxuja Movarounnahrni o‘ziga buysundiradi. Amir Temur esa Keshni amiri etib tayinlanadi. Xon vafot etgandan so‘ng uni o‘g‘li Ilyosxo‘jaga bo‘ysunmasdan mustaqil hokim bo‘lib oladi. Turk amiri qozog‘onning nabirasi Xusaynni jangda yengib 1370 yilda, bosh kent Balxni qo‘lga kiritadi va ikkidaryo oralig‘ida markazlashgan kuchli davlat tuzishga kirishadi. Temurning zafar qozonishida "uch yillik yurish", "besh yillik yurish", "etti yillik yurishlari" alohida ahamiyatga ega. U davlatni idora qilishda kuchli va ko‘p sonli qo‘shinga tayanadi. U o‘z imperiyasini boshqa qo‘shni davlatlarni bosib olish yo‘li bilan kengaytiradi va mustahkamlaydi. Temur davlatining chegaralari shimolda Volga daryosidan janubda hindistonning Ganga, sharqda Xitoy devori va g‘arbda O‘rta yer dengizigacha bo‘lgan katta hududni o‘z ichiga oladi. Bu imperiyaga kiruvchi davlatlar qo‘yidagilar Turon, Eron, Rum, Mag‘rib, Suriya, Misr, Iroqi Arab, Iroki Azam, Mezondoron, Keylam, Shirvon Ozarboyjon, Fors, Jidda, Buyuk Totariston, Xorazm, Xo‘ton, Kabuliston, Boxtar, Zomin, hindiston, Dashti qipchoq, Ok Urda, Gurjiston, Armaniston, Oltin O‘rda edi. Amir ya’ni lashkor boshi (Ilyosxo‘ja davlatida) Soxibqiron ya’ni “shohlarni shohi” degan ma’noda unvonlariga sazovor bo‘lgan. Tuzuklarda yozilishga Temur davlati 9 ulushi kengash va 1 ulushi esa shamshir yordamida barpo etilgan.
Ijtimoiy, tuzumiga kelsak, bu haqida A.Temur shunday deydi: “Saltanatning ishlarini qonun qoida va intizomga solib, salta-natni martabasiga zebu-ziynat berdim. Saltanatimni 12 toifaga bo‘ldim, ularga tayangan holda ish yurgizdim”. Bu toifalar ko‘yidagilardan iborat edi:
1. Sayidlar ulamo, shayxlar, fozillar.
2. Aqlli tajribali kishilar, donishmand, olimlar.
3. Duoguy kishilar.
4. Amirlar, sarxanglar, sinohsalar.
5. Askar va xalq.
6. Maxfiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi tajribali ishlar.
7. Vazirlar, bosh kotiblar, devon munshiylari.
8. hakimlar tabiblar, munajjim va muxandislar, arxitektor-lar.
9. Muxaddislar, payg‘ambar va uning saxoborlari haqida rivoyat qiluvchi tarixchilar.
10.Mashoyix va so‘ppilar.
11. hunar va sa’nat egalari.
12.har mamlakat va o‘lkalarni yaxshi biluvchi sayohatchi va musofirlar.
Amir Temur o‘zining siyosatini amalga oshirishda, davlatni boshqarishda ulamolar, ilm fan ahillari va yuqoridagi tabaka vakil-lariga qattiq tayangan. Bu haqida sohibqiron shunday dedi: “Fan va dinning mashxur kishilari o‘z maslahatlari bilan podsholarga yordam berib kelganlar. Sizlar menga nisbatan bunday qilmayapsizlar. Mening maqsadim mamlakatda adolat o‘rnatish tartib va tinchlikni mustahkamlash, fuqarolarning turmushini yaxshilash, yurtimizda qurilishni kuchaytirish, davlatimizni rivojlantirish. Sizlar bu ishlarni amalga oshirishda o‘z maslahatlaringiz bilan ko‘maklashishingiz kerak”.
Amir Temur ana shu tabaqalarning xizmati, ijtimoiy mavqeiga qarab foydalangan, hamda ularni takdirlab turgan. Uning davrida “suyurg‘ol” tariqasida ayrim mansabdorlarga (askarboshi, shoir, ruhoniylar va devon xizmatchilariga) beriladigan mulkchilik rivojlangan. Alohida xizmat ko‘rsatgan beklarga, lashkarboshilarga beriladigan yer-suv mulki ya’ni ma’lum joydan (tuman, viloyatdan) o‘z foydasiga soliq yig‘ib olish haqini beradigan mulk “jogir” rivoj-langan.
Temurning davlat gerbi uch doiradan iborat bo‘lib bu shakl tashqaridan o‘rab olingan jahonning 3 qismi Osiyo va Afrika, Yevropa hukmdori degan ma’noni anglatadi. Keshga katta e’tibor berdi. “Qibbat-ul-ilm va obod” deb yuritildi. Shiori “Rusti-rosti”, ya’ni “Kuch adolatdadir” bo‘lgan.



Yüklə 70,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin