1-bilet qadimgi Misr davlati


Marafon jangi haqida ma’lumot bering



Yüklə 63,29 Kb.
səhifə32/58
tarix01.01.2022
ölçüsü63,29 Kb.
#107091
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58
6-sinf tarix javoblar

Marafon jangi haqida ma’lumot bering.

Mil. avv. 490-yil fors harbiy fl oti Egey dengizini kesib o‘tdi va Attika sohiliga langar tashladi. Marafon tekisligiganayza, xanjar va o‘q-yoylar bilan qurollangan fors suvoriylari va piyoda jangchilari kemadan tushadilar. Yunonlar forslarga qaraganda kam sonli edi. Shuning uchun ular fors suvoriylari yetib borolmaydigan qoyalarga o`rnashib oldilar.

Yunonlar lashkari forslarni Attika ichkarisiga boradigan yo`llardan to`sib qo`ydi. Ammo ochiq jangga kirishdan cho`chir edilar. Bir hafta o`tdi. Forslar ayyorlik qilishdi. Yunon qo`shinlariga sarkardalik qilgan Miltiad ertalab bo`lib o`tgan voqeadan xabar topganidan so`ng Marafon vodiysida qolgan fors qo`shinlarini tor-mor qilib tashlashga ahd qildi. Yunonlar hal qiluvchi jangda forslarning yettita kemasini egallab oldilar. Forslarning qolgan qo`shinlarini esa tor-mor etdilar yoki asirga oldilar. Yunonlar g`alaba nashidasini surar edilar. Miltiadning buyrug`iga ko`ra bir jangchi forslar ustidan qozonilgan g`alaba haqida xabarni yetkazish uchun Afina shahriga qarab yugurdi. Naq 42 kilometr yo`lni bosib o`tgan jangchi «g`alaba! g`alaba!» deya shu zahoti yuragi yorilib joni uziladi. Keyinchalik olis masofaga yugurish marafon yugurishi deb atala boshladi.




Yüklə 63,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin