1-bilet qadimgi Misr davlati


-BILET Ahamoniylar davlati



Yüklə 63,29 Kb.
səhifə41/58
tarix01.01.2022
ölçüsü63,29 Kb.
#107091
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58
6-sinf tarix javoblar

21-BILET

  1. Ahamoniylar davlati.

Mil. avv. 558-yilda ahamoniylar sulolasidan bo‘lmish podsho Kir II barcha forslarni o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi. Midiya pod sholigini bo‘ysundirganidan so‘ng, Kir II ulkan lashkar tuzdi va bosqinchilik yurishlarini da vom ettirdi. Armaniston, Lidiya va Bobil zabt etildi. Forslar O‘rtayer dengizi sohiliga chiqdilar, Falastin va Finikiyani bo‘ysundirdilar. Kir II ning istilochilik siyosatini vorislari Kambiz II va DoroI davom ettirdi. Kambiz II Misrni zabt etish orqali Fors davlati hududini nihoyatda kengaytirdi. Miloddan avvalgi 522- yilda shoh Doro I Qadimgi Fors davlati taxtiga chiqdi. Bu paytda bosib olingan barcha mamlakatlarda qo‘zg‘olonlar avj olib ketgan edi. Ammo ahamoniylar shohi Doro I ularni bostirishga erishdi. Doro I Qora dengiz bo‘ylarida yashovchi skiflar ustiga yurish qildi. Doro I ning Kichik Osiyodagi yunonlar koloniyalari va Bolqon yarimoroli sharqida joylashgan Frakiyani bosib olishi yunon-fors urushlari boshlanib ketishiga sabab bo‘ldi. Doro I hukmronligi davrida Hindiston shimolidan O‘rtayer dengiziga qadar cho‘zilgan ulkan davlat barpo etildi. Doro I butun mamlakat uchun «darik» deb nomlangan yagona oltin tangani muomalaga kiritdi. U qadimgi Fors podsholigi qarorgohi Persepol shahridan O‘rtayer dengiziga qadar «shoh yo‘li» degan savdo yo‘lini qurdirgan edi. Doro I qo‘shinlarni qaytadan tuzdi, saltanatni «satrapliklar» deb nomlangan alohida harbiyma’muriy o‘lkalarga taqsimladi. Makedoniyalik Aleksandr mil. avv. 330-yilda Fors davlatini bosib oldi.


  1. Yüklə 63,29 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin