1-bilet qadimgi Misr davlati


G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi haqida ma’lumot bering



Yüklə 63,29 Kb.
səhifə44/58
tarix01.01.2022
ölçüsü63,29 Kb.
#107091
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58
6-sinf tarix javoblar

2. G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi haqida ma’lumot bering.

Imperator Trayan davridan so‘ng rimliklar yirik bosqinchilik urushlarini olib borolmaganlar. Milodiy III asrda Rim imperiyasining kuch-qudrati zaiflasha boshladi. Imperatorni endilikda armiya saylar, armiyaning o‘zida ham turli guruhlar o‘rtasida kurash borar edi. Ayni paytda imperiya chegaralarining shimoli-g‘arbiy tarafidan jangovar qabilalar paydo bo‘ldilar. Rimliklar ularga «varvarlar» degan laqab berishgan, ya’ni rimliklarga nisbatan madaniy rivojlanish jihatidan ancha quyi pog‘onasida turuvchi qabilalar sifatida ularni shunday kamsitishgan. Shu bois rimliklar chegarada katta armiya saqlab turishga majbur bo‘lishgan. Imperator Feodosiy o‘limidan so‘ng milodiy 395-yiliRim imperiyasi uning ikki o‘g‘li o‘rtasida G‘arbiyva Sharqiyqismlarga ajrab ketdi. Milodiy 410-yilda Alarix boshchiligidagi gotlar Rimni qurshab oldilar. Rimliklar ular



bilan muzokara boshladilar, ammo tunda qullar darvozalarni ochib berdilar, bosqinchilar shaharga yopirilib kirdilar. Gotlar haykallarni yo‘q qilib, bebaho kitoblarni yondirib, Rimni roppa-rosa uch kun taladilar. Talon-taroj qilingan Rim shahri huvillab qoldi. Alarix ham o‘ldi, biroq Rimning undan dahshatliroq dushmani – Attila boshchiligidagi xunn qabilalari paydo bo‘ldi. Attila Sharqiy Rim imperiyasiga hujum uyushtira boshladi. Milodiy 452-yilda xunnlar Italiyaga bostirib kirdilar. Milodiy 455-yildaRimga germanlarning vandalqabilalari hujum qildi. Ular ikki hafta davomida shaharni taladilar. Vandallar o‘zlari bilan olib ketolmaydigan hamma narsani nobud qildilar. Milodiy 476-yilda german qabilalarining Rimdagi yollangan qo‘shini sarkardasi Odoakr so‘nggi imperator Romulni taxtdan ag‘darib tashladi va imperator unvoni nishonini Konstantinopolga jo‘natdi. Sobiq G‘arbiy Rim imperiyasi sarhadlarini german qabilalari egallab oldilar. Shu tariqa milodiy 476-yil G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi va qadimgi dunyo tarixining yakunlanish sanasi sifatida qayd qilindi. Mazkur sanadan boshlab o‘rta asrlar tarixi boshlanadi.


Yüklə 63,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin