Malakali pedagog kadrlarga va ilg‘or xodimlarga har oylik ustama hamda bir martalik pul mukofotlarini to‘lash ishlarini muvofiqlashtirish uchun doimiy ravishda ishlaydigan Ishchi guruh tuzadi.
Har yili 1-oktabrga qadar
2-bosqich
Xalq ta’limi vazirligi
(Ishchi guruh)
1. Har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan sonini belgilaydi.
2. Davlat test markazi va Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan taqdim etiladigan kirish imtihonlaridagi natijalardan kelib chiqib, kvotani hududlar va tuman (shahar)lar bo‘yicha taqsimlaydi hamda xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shah�r kengashlariga taqdim etadi.
Har yili 20-noyabrga qadar
3-bosqich
Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari
Har bitta yo‘nalish bo‘yicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan kvotaga nisbatan uch baravar ko‘p nomzodlarni saralash uchun Xalq ta’limi vazirligi (Ishchi guruh)ga taqdim etadi.