1. Iminosorbentlar va ularni olish usuli. Makane usuli yordamida konyugat olish


-mavzu: IET yordamida ba’zi antigenlarni aniqlash



Yüklə 55,36 Kb.
səhifə2/12
tarix04.11.2023
ölçüsü55,36 Kb.
#131111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1. Iminosorbentlar va ularni olish usuli. Makane usuli yordamida-fayllar.org

6-mavzu: IET yordamida ba’zi antigenlarni aniqlash
Viruslar – antigen sifatida bir necha xil antigen determinantlarga ega antigen hisoblanib, ularni hayvon organizmiga yuborganda, ularga karshi antitanalar hosil bo‘lishi kuzatiladi. Sababi viruslar, antigenlik hususiyati ega bo‘lgan, turli antigen determinantasi mavjud bo‘lgan mikroorganizm hisoblanadi. Viruslar nuklein kislotasini o‘rab turgan tashqi oqsil qavatidan tashkil topgan bo‘lib, antitana hosil kilishda sabab bulgan antigen determinantlari esa, odatda 3-----5 yo‘nalishga ega aminokislota qoldiqlaridan iborat bo‘ladi.
Kimyoviy tabiatiga ko‘ra antitanalar qon zardobi oqsillari hisoblanib, glikoproteidlar sinfiga kiradi va immunoglobulinlar deb yuritiladi. Qon zardobi oqsillarini boshqa oqsillardan farqi o‘laroq, har hil effektor funksiyali geterogen populyasiyalar hosil qilishidadir. Sun’iy immunizatsiyada hosil bo‘ladigan turli antitanalar – asosan 5 ta sinfga mansub bo‘lib, ular ko‘p holatlarda o‘ziga xos hususiyatlari bilan serologik testlarda muhim rol o‘ynaydi.
SHu vaqtgacha ishlab chiqilgan immunologik metodlar antigen va anti zardob oqsillari o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlarga asoslanib, ushbu metodlarni bir qancha gruppaga bo‘lish mumkin. Birinchisi – bu antigenlarni o‘ziga xos antitanalar bilan pretsiptatsiyalanishiga ya’ni agar gelida /cho‘kishiga/ asoslangan metoddir. Boshka gruppa metodlari pretsipitatsiya reaksiyasiga asoslangan bo‘lib, ammo pretsepitatsiya antigen va antitelolarni agar poralaridagi diffuziyasidan so‘ng yuz beradi. Ushbu usulda elektr maydoni orqali diffuziya jarayonini tezlashtirish mumkin. Bir qator metodlar, agglyutinatsiyaga asoslangandir, ya’ni antizardob bilan /antitela/ antigenni o‘zaro “yopishishiga” asoslangandir. Hosil bo‘lgan agregatlarni oddiy ko‘z bilan (yoki bir muncha kattalashtirgan holda) kuzatish mumkin.
Pretsipitatsiya reaksiyasi. Eng birinchi va keng qo‘lamda qishloq ho‘jaligida qo‘llaniladigan metodlarlardan biri bu- tomchi metodi, hamda ammoniy – sulfat metodlaridir. Tomchi metodini amalga oshirish jarayoni da o‘simlikni tozalanmagan soki bir tomchi antizardob bilan buyum oynachasi ustida aralashtiriladi. Xloroplastlarga, hujayra devorlari – parchalari, mitoxondriyalar va boshka o‘simlik komponetlariga yopishgan virus zarralari shu virus antizardobi bilan spetsifik ravishda bog‘lanib, ko‘rinarli darajada pretipitat hosil qiladi. KMD tozalanmagan o‘simlik shirasi asosida olib borilgani uchun, yuqori sezgirlikka ega emasdir. SHuning uchun ham u faqat o‘simlik bargida yuqori konsentratsiyada to‘planagan viruslarni aniqlashda qo‘llaniladi. Ammo zarari katta bo‘lgan va bargda
kam to‘planadigan viruslar uchun, masalan, VTM, XVKlar uchun bu metod yaxshi natija bermaydi. KMDning, ya’ni tomchi metodining boshqa bir usuli mavjud bo‘lib u halqapretsipitatsiya usuli deb ataladi. Ushbu virus o‘ziga xos antizardob bilan kontakda bo‘lganda pretsipetatdan iborat halqa hosil bo‘ladi. Xalqa hosil qiluvchi metod tez amalga oshishiga qaramasdan sezgirligi juda pastdir.

Yüklə 55,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin