1. Iminosorbentlar va ularni olish usuli. Makane usuli yordamida-fayllar.org
9-mavzu: Saratonga qarshi terapiyada vaksinalardan foydalanish. O’sma (shish)ga qarshi immunitetning mexanizmlari. O‘smaga qarshi immunitetning rivojlanishida quyidagi jarayonlar kuzatiladi: mutatsiyaga uchragan hujayra usti membranasidagi antigenlar o‘z tuzilishini o‘zgartiradi yoki yangilari paydo bo‘ladi. HLA-sistemaning I sinf genlari sintez qilgan biomolekulalar ham tuzilishini o‘zgartiradi. Bu o'zgargan antigenlarni organizmda immun tizim hujayralari tanib olish xususiyatiga ega:
1) Tabiiy killerlar ular doimo organizmda bo‘lib, o’sma hujayralarini tezda taniydi va o’ldiradi;
2)T-killerlar, hujayraviy immunitet mahsuli bo‘lib, o‘sma hujayrasini topgach uni o'ldiradi.
Organizmni o'sma hujayralaridan himoya qilishda interferonlar ham katta ahamiyatga ega.
Organizmni o'sma hujayralaridan himoya qilishda interferonlar ham katta ahamiyatga ega. Oxirgi izlanishlar, o’sma hujayralari organizm immun tizimi faoliyatini susaytiruvchi omillar ishlab chiqarishini ko’rsatdi. Shuning uchun o'sma kasalligini davolashda maxsus usul va dorilar bilan bir qatorda immun holatni tiklovchi vositalar (interferon, timus preparatlari, interleykin-1 va 2, monoklonal antitelo va boshqalar) dan ham foydalaniladi.
O’smaga qarshi immunitetning samaradorsizligining sabablari. Immunoterapiya- Dunyo bo‘yicha barcha davlatlarda onkologik kasalliklarning o‘sishi kuzatilmoqda. Shu bilan birgalikda o‘lim ko‘rsatkichi yildan-yilga o‘sib borayotgani sir emas. Buning asosiy sabablaridan biri o‘sma kasalliklarining o‘tib ketgan bosqichlarda aniqlanishi, yashirin kechishi va erta bosqichda aniqlanmasligidir. Har yili dunyo bo‘yicha 14 milliondan ortiq kishida onkologik kasallik turlari aniqlanadi, o‘lim ko‘rsatkichi esa 8 millionga yaqin kishini tashkil qiladi.
Onkologik kasalliklar ichida eng ko‘p uchraydigan turlari – o‘pka, sut bezi, to‘g‘ri va ko‘ndalang chambar ichak, me’da, teri, jigar va prostata bezi saratonlaridir. Havfli o‘smaning rivojlanishi har bir a’zoga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Organizmdagi o‘smaoldi kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlab, uni davolash uning rivojlanishini bartaraf qiladi. O‘smaoldi kasalliklariga tug‘ma anomaliyalar, surunkali o‘zgarishlar, uzoq vaqtdan buyon bitmayotgan yaralar, oqmalar, jarohatdan keyingi o‘zgarishlar, xavfsiz o‘smalar, to‘qimalardagi giperplastik va o‘smaoldi o‘zgarishlari kiradi.
Immun tizimi; oq qon hujayralari va limfa tizimidan tashkil topgan; organizmga infektsiyalar va boshqa kasalliklarga qarshi kurashishga yordam beradi. Immunoterapiya saraton kasalligiga qarshi kurashish uchun bizning immunitet sistemamizdan foydalanadi. U immunitet tizimini saraton hujayralarini tanib-bilishga yordam berish orqali ishlaydi.
Immunoterapiya turlari
Monoklonal antikorlar - Bu laboratoriya terapevtik antitellar deb nomlangan immunitet tizimi oqsillarini yaratdi. Ushbu antikorlar yoki saraton hujayralarida topilgan aniq maqsadlarga ulanish uchun mo'ljallangan; yoki immunitet tizimi tomonidan yaxshi tan olingan va yo'q qilingan saraton hujayralarini belgilash; yoki ular to'g'ridan-to'g'ri saraton hujayralarini o'sishidan to'xtatadilar. Ushbu antikorlar muayyan oqsillarni taniydiganlari uchun, ular maqsadli davolash sifatida ham baholanadi.
Checkpoint Ingibitorlari - Bu immunitet tizimiga kuchli shov-shuvga javob berishga yordam beruvchi dori-darmonlardir, ammo bu dorilar shishani to'g'ridan-to'g'ri maqsadga yo'naltirmaydi, aksincha, saraton hujayralarining immunitet tizimi hujumlaridan qochish qobiliyatiga ta'sir qiladi.
Adaptiv hujayra uzatish -T hujayralari oq qon hujayralari va saraton kasalligiga qarshi kurashadigan immun tizimining bir qismi; bu davolash T-hujayralari saraton kasalligiga qarshi kurashishning tabiiy qobiliyatini oshirishga harakat qiladi. Bu yerda T xujayralari shishadan olinadi va saraton xujayralariga qarshi faol bo'lganlar laboratoriyada ko'p miqdorda o'stiriladi. Ushbu jarayon odatda 2-8 haftani oladi; va keyinchalik yangi tug'ilgan T-hujayralari kasalga qaytariladi. 10-mavzu: Immun tizimlar filogenezi
Immun-himoya reaktsiyalari va immunitet tushunchalari o`zaro almashinuv imkoniyatiga ega sinonimlardir. Immunitet – bu organizmning o`zini barcha genetik jihatdan yot bo`lgan zarrachalar va moddalardan, ya’ni antigenlardan himoya qilish qobiliyatidir. Antigenlar organizmga tashqaridan tushishi (ekzoantigenlar) yoki organizmning o`zida (autoantigenlar) hosil bo`lishi mumkin. Immunitet jarayoni organizmning immun sistemasi, bu sistemaga kiruvchi hujayralar (immunotsitlar), to`qimalar hamda markaziy va periferik a’zolar yordamida amalga oshiriladi. Immun sistema yuqorida ko`rsatilgan markaziy (qizil suyak ko`migi, timus) va periferik (limfatik tugunlar, taloq, ovqat hazm qilish, nafas va siydik chiqaruv yo`llarida joylashgan limfoid follikullar) qismlardan tashkil topgan.
Immun-himoya jarayonlarini amalga oshiradigan asosiy hujayralar T- va B-limfotsitlar hisoblanadi. Ularning ko`payishi, yetilishi hamda faoliyati esa mikromuhit tashkil qiluvchi makrofaglar, interdigitirlovchi va dendritli hujayralar bilan chambarchas bog`liqdir. Timusda bu hujayralar qatoriga uning stromasini hosil qiluvchi retikuloepitelial hujayralar ham kiradi. Bulardan tashqari, organizmda kechadigan himoya reaksiyalarida neytrofil, eozinofil, bazofil leykotsitlarning, to`qima bazofillarining (semiz hujayralarning) hamda fibroblastlarning ahamiyati ham kattadir.
A n t i g e n l a r – murakkab organik moddalar bo`lib, ular organizmda o`ziga qarshi ixtisoslashgan javob reaksiyasi kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Mikroblar, viruslar, turli xil parazitlar, yot hujayralar va to`qimalar, ba’zida esa organizmning genetik jihatdan o`zgargan (mutatsiyaga uchragan) hujayralari va hokazolar antigenlik xususiyatiga ega bo`lishi mumkin. Bundan tashqari, yot hujayralar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda sun’iy yo`l bilan sintezlangan yuqori molekulali moddalar ham antigen rolini o`ynashi mumkin. A n t i t e l o l a r – immunoglobulinlarning u yoki bu sinfiga mansub murakkab oqsillar. Ular organizmda ma’lum antigenlar ta’siri ostida plazmatik hujayralar tomonidan sintezlanadi va shu antigen bilan birikib, uni zararsizlantirish qobiliyatiga ega bo`ladi.Immunitet to`g`risida bir qancha nazariyalar mavjud bo`lib, ulardan hozirgi paytda eng keng tarqalgani F.Bernetning «klonal-seleksion» nazariyasidir. Bu nazariyaga binoan organizmda limfotsitlarning ko`p miqdordagi guruhlari, ya’ni klonlari mavjuddir. Har bir klonga mansub limfotsitlar genetik jihatdan bir xil bo`lib, ma’lum bir yoki bir necha antigenga nisbatan javob reaksiyasini berish qobiliyatiga egadir. Shu tufayli biron-bir aniq antigen limfotsitlarning faqatgina shu antigenga mos keladigan klonigagina ta’sir ko`rsatadi va ularning ko`payishiga hamda aktivlashishiga olib keladi. Bu organlar asosan ikki vazifani bajaradi: birinchidan, qon shaklli elementlarini yaratadi, ikkinchidan, organizmni tashqi va ichki antigenlardan himoya qiladi, ya’ni immunitetni ta’minlab beradi. Bu vazifalarni bajaruvchi a’zolarni qon va immun-himoya sistemasi organlari deb ham ataladi. Bu sistemaga kiruvchi barcha organlarni: 1) markaziy va 2) periferik a’zolarga bo’lish mumkin.
1. Markaziy organlarga (odamda) qizil suyak k o’m i g i va a y r i s i m o n b e z (timus yoki buqoq bezi) kiradi. Qizil suyak ko’migida o’zak hujayralari bo’lib, unda T- limfotsitlardan tashqari qonning barcha shaklli elementlari takomillashadi. Bu yerda B- limfotsitlar hosil bo’ladi va differensiallanadi. T-limfotsitlar esa timusda yetiladi. Suyak ko’migida T-limfotsitlarga aylanuvchi kam differen’siallashgan hujayralar bo’ladi. Demak, suyak ko’migi odamda B- limfotsitlarning takomilini yoki B-limfotsitopoezni ta’minlovchi markaziy organ hisoblansa, timus (ayrisimon yoki buqoq bezi) odamda va boshqa sut emizuvchilarda T-limfotsitlar differensiallashadigan asosiy markazdir. Bu organda T-limfotsitlarning boshlang`ich hujayralari ko`payadi va T-limfotsitlarga yetiladi. Markaziy organlarda limfotsitlarning ko`payishi va differensiallanishi antigenga bog’liq bo’lmagan holda kechadi.
2. Periferik organlarga limfa tugunlari, taloq, gemolimfatik tugunlar kiradi. Bu organlar qatoriga murtaklar, hazm sistemasida alohida joylashgan limfoid follikullar yoki ularning gruppalari (Peyer tanachalari), chuvalchangsimon o’siq (appendiks), nafas va siydik chiqaruv yo’llari bo’ylab joylashgan limfoid follikullar ham kiradi. Periferik organlarda qon yoki limfa orqali keluvchi T-va B-limfotsitlarning ko’payishi, ularning gumoral va hujayraviy immunitet jarayonlarida ishtirok etuvchi effektor hujayralarga aylanishi kuzatiladi. Timusdan tashqari, barcha a’zolarning stromasini biriktiruvchi to`qimaning maxsus turi bo’lgan retikulyar to’qima tashkil etadi. Timusning asosini esa epitelial to’qima hosil qiladi. Qon yaratuvchi va immun-himoya organlarining faoliyatida ularning asosini (stromasini) tashkil etuvchi to’qima hujayralari katta ahamiyatga ega. Stroma tarkibiga kiruvchi hujayralar yeti-layotgan qon hujayralari uchun qulay sharoit yoki maxsus mikromuhit yaratib beradi. Mikromuhit yaratuvchi hujayralarga tipik retikulyar, interdigitatsiyalovchi va dendritli hujayralar, makrofaglar, timusda esa, bulardan tashqari, retikuloepitelial hujayralar ham kiradi. Qon yaratuvchi va immun-himoya a’zolarining faoliyati nerv, endokrin sistemalar ta’siri ostida boshqarilib turadi.
Suyak ko’migi (medulla ossgum) markaziy qon yaratuvchi organ bo’lib, embriondan keyingi (postembrional) davrda qon o’zak hujayralarining yagona manbai bo’lib hisoblanadi. Bu yerda yetuk T-limfotsitlardan tashqari, boshqa qonning barcha shaklli elementlari: eritrotsitlar, granulotsitlar, B-limfotsitlar va qon plastinkalari (trombotsitlar) yetiladi.