1. Iminosorbentlar va ularni olish usuli. Makane usuli yordamida konyugat olish


-mavzu: Odam va sutemizuvchilarda antigen diferensirovkasi



Yüklə 55,36 Kb.
səhifə7/12
tarix04.11.2023
ölçüsü55,36 Kb.
#131111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1. Iminosorbentlar va ularni olish usuli. Makane usuli yordamida-fayllar.org

12-mavzu: Odam va sutemizuvchilarda antigen diferensirovkasi
Antigenlar — maʼlum sharoitda immun javob berish va maxsus antitelolar ishlanib chiqishi, yot hujayralarni yemirib limfotsitlar hosil boʻlishi, immunologik holat yoki tolerantlik shak-llanishiga sabab boʻladigan turli moddalar. Antigenlarning eng muhim xususiyati antigenlik va oʻziga xoslikdir. Xususiyatiga koʻra Antigenning toʻla va qisman, shuningdek eriydigan (oqsillar yoki ular komplekslarining boshqa moddalar bilan suvdagi eritmasi), korpuskulyar (bakteriyalar, hayvon hujayralari), kuchli va kuchsiz, tabiiy va sunʼiy hamda getero-, izo-, autoantigenlar farq qilinadi. Antigenni oʻrganish (ayniqsa toʻqimalar mutanosibligini) aʼzo va toʻqimalarni koʻchirib oʻtkazish, infeksion jarayonlarning rivojlanishi, shuningdek oʻsmalarni aniqlash va davolashda juda muhim ahamiyatga ega. Anigenlarning 2 muhum belgisi ularning spetsifikligi va immunogenligidir. Quydagi jadvalda antigenlar keltirilgan.
Korpuskulyar antigenlar-Turli yirik hujayralar: bakterya, zamburug’, bir hujayralilar, eritrotsitlar
Eruvchi antigenlar -Oqsillar, polisaharidlar, lipopolisaharidlar
Ksenoantigenlar- To’qima va hujayralar, ritsipient organizmining ko’rinadigan darajada.
Alloantigenlar- To’qima va hujayralar, ritsipient organizmining ichki darajada (individual)
Autoantigenlar- Organizmning o’zidagi antigenlar
Allergenlar- Organizmning ozuqa, chang, o’simlik changlari, hashoratlar zahriga nisbatan reaksiya paydo qilish
Tolerogenlar-Oqsil, hujayralarga nisbattan reaksiya paydo qilmasligi
Sun’iy antigenlar- Sun’iy sintez qilingan aminokislotalar, uglevodorodlar
Gapten- O’zida aromatik halqa saqlovchi kimyoviy moddalar
Antigenlar immunogenlik hosil qilishda 3 xususiyati
“Begonalik” tur doirasi qancha uzoq bo’lsa shuncha tez organizm shu antigenga nisbatan antitana sintez qiladi. Misol: qoramollardan ajratib olingan albumin quyonlarga yuborilganda tez antitana sintez qiladi, shu xol qo’ylarda kuzatilsa nisbatan sekin. O’z organizmidagi oqsillarning ozgarishi natijasida ham o’z organizmi unga nisbatan antitela sintez qiladi va bu autimmun kasalliklariga sabab bo’ladi. Molekulyar massasi. Massaning yuqorilgi immun javob baland bo’ladi. Korpuskulyar antigenlar yaxshi immunogenlardir. Oqsillarning massasi qancha baland bo’lsa ularda immunologik reaksiya shuncha yuqori.
Kimyoviy xususiyati- poli-L-lizin immunogenlik xususiyatini unchalik yaxshi namoyon etmaydi, lekin aromatik aminokislotalarda bu xususiyat aksi. Oqsil tarkibida aromatik aminokislotalarning qancha ko’p bo‘lishi shuncha yuqori immun javob reaksiyasini hosil qiladi. Makrofag fermentlari L-qator aminokislotali antigenlarni parchalaydi D-qator aminokilsotalarga nisbatan reaksiya past boradi.
Gaptenlar kimyoviy aramatik xalqa saqlovchi moddalar bo’lib ulardan birinchi marotaba Landshteyn foydalangan. U quyonlarda tajriba o’tkazgan. Tajribada DNF(dinitrofenil)ni oqsil tashuvchi bilan bog’lab quyonlarga yuborgan va unda shunga xos antitana sintez bo’lgan. Ko’plab biologik moddalar, steroirlar, AMF, GMF, dorilar immunologik xususiyatga ega emas, lekin ularni immunologik oqsillar bilan bog’lash orqali test-sistemada foydalanish mumkun. Misol uchun xomiladorlikni aniqlavchi preparat ustdagi antitela siydik tarkibidagi gonadotropinga sezgir reaksiya ko’rsatadi.

Yüklə 55,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin