1. Inson tanasiga elektr tokini ta’siri. Inson tanasini elektr tokiga ko’rsatayotgan qarshiligi



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə4/4
tarix02.12.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#137889
1   2   3   4
7-amali Elektr havfsizligi

Qadamli kuchlanish.
Agar erga biror bir zanjir tutashib ketgan bo‘lsa, tasodifiy tok yuruvchi qismning elektrik bog‘lanishi bevosita er bilan bo‘lgudek bo‘lsa, yoki metall qurilma orqali bo‘lsa, u holda er bo‘ylab erga tok tutashib, elektrotok tarqalib ketadi. Tutashuv izolyasiyaning shikastlanishiga, elektrasbobning tok yuruvchi qismlari va erga tutashgan sim o‘rtasidagi bog‘lanish vujudga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Kuchlanish ostidagi uzilgan simning erga tushishi. Tutashuv joyining olinish darajasi bo‘yicha er imkoniyati max 0 gacha o‘zgarishi mumkin, negaki grunt erga tutashuv tokiga qarshilik ko‘rsatadi.
Agar inson tok tarqab ketgan hududga tushib qolsa, u holda uning tovonlari o‘rtasida oyoq oyoqqa yo‘li bo‘yicha tokning o‘tishni vujudga keltiruvchi salohiyatlarning turliligini hosil qiladi. Uo tok ta’siri natijasi oyoq mushaklarining qisqarishini keltirib chiqaradi va inson yiqilib ketishi mumkin. Qulash yangi, yurak va o‘pka orqali tok o‘tishining o‘ta xavfli zanjirini shakllanishiga sabab bo‘ladi. Tutashuv joyidan 20 m masofadagi salohiyatni 0 teng deb hisoblash mumkin. I2 - qo‘yilgan kuchlanish va tana qarshiligiga bog‘liq.
Elektr tokidan talofat ko‘rgan insonga birinchi yordam.
1. Jabrlanuvchini elektr tokidan xolos etish.
2. Jabrlanuvchining ahvolini aniqlab bilish.
3. Sun’iy nafas berish va yurakni uqalash.
Agar jabrlanuvchi hushsiz bo‘lsayu, nafas va yurak faoliyati saqlanib qolsa (puls, tomir urish), u holda
a) qulay va tekis qilib, chalqancha etqizish;
b) kiyimni tugmasini echish;
v) toza havo oqimini yaratish;
g) so‘ng jabrlanuvchiga vaqti-vaqti bilan spirt, nashatir hidlatish;
d) suv purkash va doimiy tarzda tanani artish va qizitish;
e) ko‘ngil behuzur bo‘lganda, ko‘ngil ayniganda jabrlanuvchining boshini chapga yonboshga egish kerak.
Agar jabrlanuvchida hayot belgisi sezilmasa (pulsi yo‘q bo‘lsa, yurak urmayotgan bo‘lsa, talvasali noritmik nafas urishi), u holda jonlantirish (tiklash) ishlariga kirishish zarur.
a) birinchi navbatda barcha organlarni kislorod bilan ta’minlashning bosh manbai sifatida nafasni me’yorlashtirish va b) inson organizmining hamma to‘qimalariga kislorod etkazib beradigan qon aylanishini normalashtirish zarur.
Nafasni sun’iy nafas yordamida tiklaydilar.
Sun’iy nafas uslublari:
Qo‘lbola (Silvestr Shefer uslublari va hokazo)
1. Og‘izdan og‘izga (keng tarqalgan)
2. Og‘izdan buringa (keng tarqalgan)
3. Apparat va qo‘l yordamida.
Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin