1-Ma’ruza: davlat kadastrlarini yaratish va yuritishning normativ huquqiy va nazariy asoslari reja



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə1/60
tarix25.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#134212
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
1-Ma’ruza davlat kadastrlarini yaratish va yuritishning normati-fayllar.org (1)


1-Ma’ruza: davlat kadastrlarini yaratish va yuritishning normativ huquqiy va nazariy asoslari reja

1-Ma’ruza: DAVLAT KADASTRLARINI YARATISH VA YURITISHNING NORMATIV HUQUQIY VA NAZARIY ASOSLARI
Reja:


  1. Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni


  2. Respublikamizda davlat kadastrlarini yaratish va yuritishning normativ huquqiy asoslari


  3. Kadastr ishlarining rivojlanish tarixi


  4. . Davlat kadastrlarini yaratish va yuritishga ma’sul davlat organlari.

Davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda u davlat kadastri yuritiladigan tabiiy, xo‘jalik ob’ekti yoki boshqa ob’ekt muayyan turining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to‘g‘risidagi yangilanib turiladigan ma’lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat bo‘ladi.



Kadastr tushunchasi “Soliqqa oid predmetlar ro‘yxati” ma’nosini anglatuvchi lotin so‘zidan kelib chiqqan. Boshida kadastr er solig‘i predmetiga doir kitob (reestr) sifatida tushunilar edi, keyinchalik u davlat hisobga olish-baholash tadbirlari mazmuniga ega bo‘ldi.
Qadimgi tarixiy qo‘lyozmalar va yodgorliklar er kadastri miloddan yuzlab yillar avval qadimgi YUnonistonda, Misrda, Rumda, Xitoyda mavjud bo‘lganidan dalolat beradi.
Zamonaviy Evropa er kadastri tizimi ko‘p jihatdan uning tushunchasi va mazmunini shakllantirgan Napoleon bilan bog‘liq. Lekin har bir mamlakatda kadastr rivoji o‘z sharoitlari va an’analariga asoslanadi, shuning uchun jaxonda ikkita bir xil kadastr tizimini topish mumkin emas. SHunisi qiziqki, mamlakatimiz hududida o‘tgan asrda qozi tomonidan yuritilgan “Temir daftar” nomli kadastr ko‘rinishlaridan biri amal qilgan.
Kadastr tushunchasining zamonaviy ta’rifi sifatida shuni aytish mumkinki, kadastr - mamlakatimiz hududidagi tabiiy resurslar va inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarning so‘nggi holatiga oid ma’lumotlarni saqlash va foydalanuvchilarga havola qilish tizimidir.
Davlatimiz mustaqillikka erishib, bozor iqtisodiyoti tomon yuz tutganligi xo‘jalik yuritishning yangi usullari va tamoyillarini hayotimizda joriy qilishni taqozo etadi. Davlat, tashkilot yoki fuqaro tomonidan qaysidir moddiy boylik turi, jarayon, ob’ekt bo‘yicha ma’lum iqtisodiy muolajani amalga oshirish ularning shu muolaja vaqtidagi miqdor va sifat holatlariga, me’yoriy baholariga, huquqiy holatlariga doir batafsil, to‘g‘ri va operativ ma’lumotlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Tarmoq va hududiy kadastr xizmatlari aynan shu talablarni qondirish maqsadida tashkil qilingan.
Tabiiy va moddiy boyliklar bir qancha turlarga bo‘linganligi uchun mutanosib ravishda davlat kadastr tizimi ham bir qancha tarmoq kadastrlarini o‘z ichiga oladi. Masalan, er kadastri, energetika resurslari kadastri, xayvonot olami kadastri, temir yo‘llar kadastri, bino va inshootlar kadastri, suv resurslari kadastri, o‘rmon kadastri, arxitektura yodgorliklari va tarixiy obidalar kadastri, aloqa kadastri va h.k. Mamlakat hududidagi har qanday boylik yoki er ostida, yoki er ustida joylashganligi tufayli mazkur kadastrlar ichida er kadastri alohida o‘rin tutadi.
Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning rivojlanishni hisobga olib, tabiiy va xo‘jalik resurslaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilishni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda hududlarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatini majmuaviy tahlil qilish va baholash eng zarur masalalardan biri hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy elementlaridan hisoblangan kadastr tizimi O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining asosiy tamoyillariga va mazmuniga to‘la muvofiq keladi. Bugungi kunda iqtisodiy sohalardagi islohotlarni chuqurlashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2000 yil 15 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat kadastri to‘g‘risida”gi qonuni mazmuni va mohiyati bilan mamlakatimizda Davlat kadastrlarini yaratish va yuritish tomoiyllarini to‘liq belgilab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevralda qabul qilingan “Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 66-sonli qarori asosida respublikamizda 20 ta davlat tarmoq kadastrlarini yaratish va yuritish bo‘yicha tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar mas’ul etib tayinlangan.
Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT) davlat kadastrlarining barcha turlarini birlashtiruvchi ko‘p maqsadli axborot tizimi bo‘lib uni yuritish “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan.
“Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarini davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va davlat kadastrlari yagona tizimini yuritadi.
Davlat kadastrlarining yagona tizimi yuritish metodologiyasini, ilmiy prinsiplarini va konsepsiyalarini ishlab chiqish Davlat kadastrini yurituvchi manfatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idorolar tomonidan belgilangan bo‘lib bugungi kunda Davlat kadastrlarini yaratish va yuritish borasida to‘laqonli normativ-huquqiy baza shakllantirildi va Hukumatimizning tegishli qarorlari bilan davlat kadastrlarini yuritish va yaratish to‘g‘risida nizomlar tasdiqlanib ishga tushirildi.
Hozirgi paytda davlat kadastrlari; er, konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri; davlat suv kadastri; davlat o‘rmon kadastri; qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri; binolar va inshootlar davlat kadastri; gidrotexnika inshootlari davlat kadastri; madaniy meros ob’ektlari davlat kadastri; avtomobil yo‘llari davlat kadastri; temir yo‘llar davlat kadastri; aloqa ob’ektlari davlat kadastri; energetika ob’ektlari davlat kadastri; chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri; tabiiy xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri (xavfli geologik jarayonlar bo‘limi) kartografiya-geodeziya davlat kadastri bo‘yicha Mavzutik qatlam ko‘rinishidagi ma’lumotlar DKYAT markaziy ma’lumotlar bazasiga kirtib kelinmoqda.
Bugungi kunda Davlat kadastrlari ma’lumotlari asosida geografik axborot tizimi qatlamlari yaratilmoqda. Bu o‘rinda davlat er kadastri ma’lumotlari alohida muxum ahamiyatga ega.
Davlat er kadastrini yuritishning asosiy maqsadi – iqtisodiyotni rivojlantirish, er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning kafolatlarini ta’minlash, erlardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish uchun kadastr ma’lumotlaridan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilashdan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududida joylashgan er uchastkalari bo‘yicha kadastr hujjatlari tayyorlanib, yuridik va jismoniy shaxlarni er uchastkasiga tegishli bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmoqda, shu bilan birgalikda erdan foydalanuvchilar kesimida tuman, shahar hokimliklarning tasdiqlangan qarorlari asosida er hisoboti tayyorlanib, viloyatda umumlashtirilgan holda “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga har yil yakuni bo‘yicha 1 yanvar holatiga taqdim etilib borilmoqda.
Hozirgi kunda yuridik va jismoniy shaxlarni er uchastkasiga bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, ro‘yxatga o‘tkazish jarayonidagi ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar (tuman va shaharlar kesimida) va Toshkent shahri bo‘yicha navbatchi elektron xaritalarga kiritilmoqda.
Bugungi kunda barcha tuman, shahar er tuzish va ko‘chmas mulk kadastr xizmatlari qishloq xo‘jaligi ekinlarini tezkor va aniq o‘lchovini o‘tkazish, topogeodeziya ishlarining sifatini oshirish maqsadida eng zamonaviy 160 ta komplekt yo‘ldosh tizimli geodezik asbob-uskunalar hamda ularga tegishli dasturiy ta’minotlar, zamonaviy kompyuterlar, shuningdek yagona dasturiy tizimni joriy qilish maqsadida viloyat boshqarmalari hamda tuman bo‘limlari ArcGIS dasturiy ta’minoti bilan ta’minlangan.
Davlat er kadastri ma’lumotlari har bir yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli er uchastkalariga bo‘lgan huquqlari belgilangan tartibda tuman va shaharlarda davlat ro‘yixatidan o‘tkazilgandan so‘ng, joylarda ma’lumotlar bazasi yaratilmoqda va koordinatlar sisMavzusida jadval shaklida Davlat kadastrlari yagona tizimi ma’lumotlar bazasiga kiritib borilmoqda.
2004 yilgacha bo‘lgan davrda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tashkiliy jihatdan ko‘chmas mulkni turiga qarab uchta har-xil (Davlat er qo‘mitasi, «O‘zgeodezkadastr» bosh boshqarmasi va TIKB) tashkilot orqali amalga oshirilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 19 oktyabrdagi 483-sonli qaroriga muvofiq uchta idora qo‘shilishi munosabati bilan qayta tashkil etildi va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastrni yuritish ishlari «Ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasining zimmasiga yuklatildi. Huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish «Ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Xukumat qaroriga muvofiq, hozirgi paytda, Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning kompyuterlashtirilgan yagona milliy tizimini yaratish bo‘yicha, etakchi xorij mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda «Ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi tomonidan «Davlat investitsiya dasturi» amalga oshirilmoqda.
Kelajakda ko‘chmas mulk to‘g‘risida atributiv va grafik ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yagona ma’lumotlar banki yaratilishi ko‘zda tutilayapti.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin