1-Ma’ruza: davlat kadastrlarini yaratish va yuritishning normativ huquqiy va nazariy asoslari reja


Davlat kadastrlariga doir axborotni taqdim etish



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə19/60
tarix25.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#134212
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60
1-Ma’ruza davlat kadastrlarini yaratish va yuritishning normati-fayllar.org (1)

4. Davlat kadastrlariga doir axborotni taqdim etish
Davlat kadastrlariga doir axborot davlat hokimiyati organlariga bepul, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga esa belgilangan tartibda haq evaziga taqdim etiladi.

Davlat siri hisoblangan davlat kadastrlariga doir axborotdan foydalanish qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.


Kadastr ob’ektlari to‘g‘risidagi kadastr ma’lumatlarining kompyuter bazasi davlat kadastrlarini yurituvchi ma’sul organ tomonidan tuman, shahar kadastr, reestr daftariga kiritilgan ma’lumotlari asosida tuziladi.
Kadastr ob’ektlari to‘g‘risidagi kompyuter ma’lumotlari Qorqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha yilning har choragida umumlashtiriladi va bir tizimga solinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining kadastr ob’ektlari to‘g‘risidagi kompyuter kadastr ma’lumotlari asosida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha kadastr ob’ektlari to‘g‘risidagi kadastr ma’lumotlarining bir tizimga solingan kompyuter bazasi shakllantiriladi.
Davlat kadastrlari ma’lumotlari (kadastr axboroti) DKYATga alfavit-raqamli (matnlar, jadvallar, vedomostlar, yilnomalar va h.k.) va grafik (kartalar, planlar, kesmalar, sxemalar va h.k.) shakllarda an’anaviy (qog‘oz) va (yoki) elektron shakllarda taqdim etiladi.
Davlat kadastrlari ma’lumotlari belgilangan tartibda tasdiqlangandan so‘ng DKYATga 1 yanvar holati bo‘yicha, tegishli kadastrlarni yuritish tartibi to‘g‘rsidagi nizomlar bilan belgilangan muddatlarda, lekin hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Davlat kadastrlarining tezkor tavsifdagi ma’lumotlari belgilangan tartibda tasdiqlangandan so‘ng DKYATga zaruratga qarab taqdim etiladi.
Davlat siri bo‘lgan kadastr axborotini taqdim etish O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat kadastrlari ma’lumotlarini elektron (raqamli) shaklda taqdim etish ArcGIS oilasiga mansub dasturiy mahsulotda raqamli topografik asosda unga atributiv ma’lumotlar bazasini bog‘lagan holda GAT-loyiha yoki 1:200 000 bazaviy masshtabdagi tematik qatlam ko‘rinishida amalga oshirilishi lozim. Raqamli topografik asos va ma’lumotlar bazasining texnik parametrlari (klassifikatorlar, shartli belgilar va boshqalar) “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi bilan davlat kadastrining har bir turi bo‘yicha alohida kelishuvdan o‘tkaziladi.
Davlat kadastrlari yagona tizimi ob’ektlari to‘g‘risidgi ma’lumotlar respublika uchun yagona texnologiya bo‘yicha:
davlat er kadastri bo‘yicha - «Ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi;
konlar, foydali kazilmalar va texnogen xosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri buyicha - O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi;
davlat suv kadastri bo‘yicha -O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Girometeorologiya xizmati markazi (tabiiy suv manbalari), O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (er osti suvlari), O‘zbekiston Respublikasi Kishloq va suv xujaligi vazirligi (suv resurslaridan foydalanish va erlarning meliorativ xolati);
davlat o‘rmon kadastri bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi;
o‘simlik dunyosi ob’ektlari davlat kadastri bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi;
hayvonot dunyosi davlat kadastri bo‘yima - O‘zbekistan Rospublshkasi Davlat tabiatni muxofaza qilish qo‘mitasi;
alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiyatni muxofaza qilish qo‘mitasi;
binolar ia inshootlar davlat kadastri bo‘yicha - Ergeodezkadastr davlat qo‘mitasi; davlat shaharsozlik kadastri bo‘yicha - O‘zbekistan Respublikasi Davlat arxitektura va kurilish kumitasi;
gidrotexnika inshootlari davlag kadastri bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi ob’ektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, boshqa vakolatli organlar;
madaniy meros ob’ektlari davlat kadastri bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi;
chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya kilish joylari davlat kadastri bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muxofaza qilish qo‘mitasi;
kartografiya-geodeziya davlat kadastri bo‘yicha - «Ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi tomonidan takdim etiladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin