Tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zga madaniy qimmatga ega bo‘lgan yodgorliklar, ansambllar va diqqatga sazovor joylar:
butun mamlakat tarixi va madaniyati uchun alohida ahamiyatga molik tarixiy, ilmiy, me’moriy, badiiy va memorial qimmatga ega bo‘lgan respublika ahamiyatidagi madaniy meros ob’ektlari;
viloyat, tuman, shahar tarixi va madaniyati uchun alohida ahamiyatga molik tarixiy, ilmiy, me’moriy, badiiy va memorial qimmatga ega bo‘lgan mahalliy ahamiyatdagi madaniy meros ob’ektlari.
|
kadastr ob’ektining nomi;
yuridik va jismoniy shaxsning – mulkdor, egalik qiluvchi, foydalanuvchi yoki ijaraga oluvchining nomi va manzili;
kadastr ob’ektining idoraviy mansubligi;
ob’ektning kadastr raqami;
kadastr ob’ektining o‘rnashgan joyi va maydoni;
kadastr ob’ektining tipologik mansubligi (arxeologiya yodgorligi, tarixiy yodgorlik, arxitektura yodgorligi, monumental san’at yodgorligi);
yodgorlik bunyod bo‘lgan sana va yodgorlik vujudga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy voqeaning sanasi;
yodgorlikning maqsad vazifasi (madaniy-ma’rifiy, turistik-ekskursion, dvaolash-sog‘lomlashtirish, turar joy, xo‘jalik xonalari, foydalanilmaydi);
yodgorlikning texnik holati;
qiymat bahosi;
yodgorlikdan foydalanish samaradaorligi (ijtimoiy, iqtisodiy);
ob’ektning kadastr plani.
|