1. O‘zbekiston Respublikasi “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonuni (15.12.2000 yil № 171-II)
2. O‘zbekiston Respublikasining” Avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi Qonuni (02.10.2007 yil №ZRU-117)
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT)ni yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”
4. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yo‘llar davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida Nizomi”ni tasdiqlash haqidagi 2005 yil 30 iyundagi 152-son qaroriga 1-ilova.
YURITISH TARTIBI
1. "O‘zavtoyo‘l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimida va "O‘zavtoyo‘l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimidan tashqarida mavjud bo‘lgan avtomobil yo‘llari ob’ektlari egalari/foydalanuvchilar kadastr axborotlarini avtomobil yo‘llari ob’ektlari bo‘yicha hududiy shu’ba yo‘l-qurilish tashkilotlarining kadastr bo‘linmalariga taqdim etadilar.
2. Hududiy shu’ba yo‘l-qurilish tashkilotlarining kadastr bo‘linmalari ushbu ob’ektlarning egalari va foydalanuvchilardan avtomobil yo‘llari ob’ektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini to‘playdilar, o‘z hududlari doirasida kadastr ishini shakllantiradilar, avtomobil yo‘llari ob’ektlari bo‘yicha axborotni AYDKni yuritish bo‘yicha vakolatli tashkilotga taqdim etadilar.
3. AYDKni yuritish bo‘yicha vakolatli tashkilot davlat er kadastridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan er uchastkalari, binolar va inshootlar to‘g‘risidagi axborotni oladi.
4. AYDKni yuritish bo‘yicha vakolatli tashkilot avtomobil yo‘llari ob’ekti AYDKga kiritilgandan keyin kadastr axborotlarini "Ergeodezkadastr" davlat qo‘mitasi DKYATning ma’lumotlar bazasiga beradi.
5. AYDKni yuritish bo‘yicha vakolatli tashkilot so‘rov bo‘yicha DKYAT ma’lumotlar bazasidan avtomobil yo‘llari ob’ektlari bo‘yicha axborot olishi mumkin.
6. AYDKni yuritish bo‘yicha vakolatli tashkilot avtomobil yo‘llari ob’ektlari bo‘yicha zarur axborotni hududiy shu’ba-yo‘l qurilish tashkilotlarining kadastr bo‘linmalariga yuboradi.
7. DKYAT ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar so‘rov bo‘yicha avtomobil yo‘llari ob’ektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini olishlari mumkin