1-Ma’ruza: davlat kadastrlarini yaratish va yuritishning normativ huquqiy va nazariy asoslari reja


-Ma’ruza: O‘zbekiston Respublikasining Davlat suv kadastrini yuritish tartibi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə39/60
tarix25.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#134212
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60
1-Ma’ruza davlat kadastrlarini yaratish va yuritishning normati-fayllar.org (1)

19-Ma’ruza: O‘zbekiston Respublikasining Davlat suv kadastrini yuritish tartibi



NORMATIV HUQUQIY BAZASI

1. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonuni (15.12.2000 yil № 171-II)


2. O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT)ni yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”
4. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi 1998 yil 7 yanvardagi 11-son qarori


YURITISH TARTIBI

1. Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlari joylardagi davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, suvdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni to‘playdilar.


2. Davlat suv kadastri ob’ektlarini to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarur materiallar bilan birgalikda mansubligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologik xizmati markaziga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga yuboriladi.
3. Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlari tomonidan taqdim etilgan materiallar ekspertizadan o‘tkazish uchun Davlat suv kadastrining idoralararo bosh markazi, "O‘zgidromet" markazining O‘rta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy-metodik kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
4. Ekspertiza natijalariga ko‘ra Ilmiy-metodik kengash mansubligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologik xizmati markaziga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga tegishli xulosa taqdim etadi.
5. Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlari Davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar suv ob’ektlari, suv resurslari, suv rejimi, sifati va undan foydalanish, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar mansubligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologik xizmati markaziga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim etadilar.
6. Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlari kadastr xizmati suv ob’ektlar mulkdorlari va foydalanuvchilaridan suv ob’ektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini to‘playdi, o‘z hududlari doirasida kadastr ishini shakllantiradi, mansubligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologik xizmati markaziga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi kadastr xizmatlariga beradi.
7. Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlari kadastr xizmatlari davlat er kadastridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan er uchastkalari, bino va inshootlar to‘g‘risidagi axborotlarni oladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologik xizmati markaziga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi axborotlarni ma’lumotlar bazasiga kiritigandan keyin kadastr axborotlarini "Ergeodezkadastr" davlat qo‘mitasining DKYAT ma’lumotlar bazasiga beradi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologik xizmati markaziga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi kadastr xizmatlari so‘rov bo‘yicha "Ergeodezkadastr" davlat qo‘mitasining DKYAT ma’lumotlar bazasidan suv ob’ektlari bo‘yicha axborotlarni olishi mumkin.
10. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologik xizmati markaziga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi kadastr xizmatlari suv ob’ektlari bo‘yicha zarur axborotlarni Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlari kadastr xizmatlariga yuboradi.
11. DKYATdan foydalanuvchilar so‘rov bo‘yicha "Ergeodezkadastr" davlat qo‘mitasining DKYAT ma’lumotlar bazasidan Suv ob’ektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini olishi mumkin.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin